So’nggi yangiliklar

12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  2 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  5 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  3 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  12 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0

Quvayt - Janubiy Koreya. Prevyu Yangiliklar

Quvayt - Janubiy Koreya. Prevyu

Osiyo Kubogining 2-turini Kanberra shahrida bo'lib o'tadigan Quvayt - Janubiy Koreya uchrashuvi ochib beradi.
Dastlabki turda mezbonlarga qarshi maydonga tushib 1:4 hisobida mag'lub bo'lgan Quvayt ikkinchi turda bor imkoniyatini ishga solishi turgan gap.

Janubiy Koreya birinchi turda Ummon ustidan 1:0 hisobida ustun keldi va hozircha uch ochkoga ega.

Quvayt terma jamoasi Osiyo Kuboklarida 10-bor ishtirok etayotgan bo'lsa, Koreya 13-marta qita chempionatiga chiqdi. Janubiy Koreya terma jamoasi 1956 va 1960 yillarda, Quvayt 1980 yilda Osiyo chempioni bo'lgan.

Bu ikki jamoa barcha musobaqalarda o'zaro 21ta o'yin o'tkazgan. Quvayt hisobida 8ta g'alaba bor, 10 marta Janubiy Koreya zafar quchgan. Qolgan 3 uchrashuv durang bilan tugagan. To'plar nisbatida koreyslar ustun - 28:20.

Faqat Osiyo Kuboklarini hisobga olingan holda ushbu jamoalarning o'zaro statistikasi: Quvaytda 4ta g'alaba, Janubiy Koreyada 2ta g'alaba, 1 durang. To'plar nisbati - 8:8

Dastlabki turda Quvayt safida Hussayin Fadhel va Faysal Zayd sariq kartochka olishdi. Bu futbolchilar ikkinchi o'yinda ehtiyot bo'lib o'ynashmasa guruhdagi so'nggi turni o'tkazib yubrishadi. Koreyslar safida ilk turda hech kim ogohlantirish olmadi.  

Quvayt - Janubiy Koreya
13 yanvar 2015. Kanberra. "Kanberra" stadioni.
Bosh hakam
: Alirizo Fag'oni (Eron)
Qanot hakamlari: Rizo Suhandon va Muhammad Rizo Abulfazli (ikkisi Eron)
To'rtinchi hakam: Yudai Yumamoto (Yaponiya)
Beshinchi hakam: Najah Alhamaidah (Iroq)


Narzulla Saydullaev tayyorladi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика