So’nggi yangiliklar

23:27"Тоттенхэм" 60 млн фунтлик ўйинчисини Саудия Арабистонига қўйиб юборишга тайёр  0 22:47Расман: Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди  6 22:39Ўртоқлик учрашуви. "Пахтакор" Чераннинг голи эвазига "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  6 22:30Назорат учрашуви. "Бунёдкор" "Арал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 21:58МЮ товон пули 60 млн евро бўлган испаниялик хавбекка қизиқмоқда  1 21:32"Ман Юнайтед" Маунтни сотишни режалаштирмаяпти. Хавбек янги мавсумда ўзини кўрсатмоқчи  1 21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  3 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  1 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  7 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  1 19:33РПЛ. "Локомотив" голларга бой учрашувда "Акрон"ни мағлубиятга учратди  5 19:12"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси: Таркибимиз маълум  2 18:53Эшитдик-да! Рубин Хебай Ўзбекистон чемпионатига қайтмоқда  24 18:34Расман: Азизбек Амонов — "Нефтчи" аъзоси   9 18:00Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1

Qutqaruvchi rolidagi qariya Yangiliklar

Qutqaruvchi rolidagi qariya

Soccer.ru sayti "Uotford" ustoziga aylangan Roy Xojson haqida qiziqarli maqola tayyorladi.

74 yoshli mutaxassis yana APLga qaytdi. Biroq bu safar uni jiddiy sinovlar kutadi, chunki jamoa Premer-liga bilan xayrlashish hududida yuribdi.

Umuman olganda, Roy Xojson uzoq yillik faoliyati davomida 17 ta klub va 4 ta milliy jamoani boshqardi. Diqqat qiling, u SHveciya, SHveycariya, Italiya, Daniya, Norvegiya va Finlyandiyada ishladi. "Uotford" esa qahramonimiz uchun Angliyaning 7-klubi. Tajribali mutaxassis Angliyadagi faoliyati davomida 198 ta g'alaba qayd etgan. Demak, Roy tez orada yubiley – 200 talik marraga yaqin.

"Bristol Siti" 

Roy 1982 yilda "Bristol"dan taklif oladi. Bu vaqtga kelib u SHveciyaning "Xalmstad" klubida samarali tarzda faoliyati yuritayotgan edi. Uning bu klubni qabul qilib olishi katta omadsizlikka sabab bo'ladi. Qahramonimiz "Bristol"ni 4 oy boshqaradi. Jamoa 4-divizionga tushib ketadi. SHu tariqa, u o'z mamlakatidagi birinchi urinishida katta omadsizlikka yo'liqadi. 

"Blekbern Rovers"

"Bristol"dan ketganidan so'ng u SHveciyaga qaytib, "Malmyo" bilan bir qator sovrinlarga ega bo'ladi. U erdan esa SHveycariyaga yo'l oladi. Dastlab "Ksamaks"da ishlaydi, so'ngra milliy terma jamoani boshqaradi. 1995 yilda esa "Inter"dan tushgan taklifni qabul qiladi. 1997 yilda "Blekbern Rovers" uni ortga qaytaradi. Diqqat qiling, klub Xojson kelguniga qadar o'rtamiyona jamoa hisoblanardi. U kelgach, "daydilar" mavsumni 6-o'rinda yakunlashadi hamda UEFA kubogi yo'llanmasiga ega bo'lishadi. 

Keyinchalik omadsizliklarga yo'liqadi va chempionatni muvaffaqiyatsiz boshlaydi. Natijada, rahbariyat noyabr oyidayoq uni istefoga chiqaradi. 

"Fulxem"

Bu klubda u 2007-2010 yillar oralig'ida mehnat qildi. Bunga qadar u katta sayohatga otlangandi. Deylik, Italiya ("Inter" va "Udineze"), SHveycariya ("Grassxoppers"), Daniya ("Kopengagen") va Norvegiya ("Viking")da ishladi. SHuningdek, u Finlyandiya va BAA terma jamoa­larida ham ishladi. Naq 10 yillik sayohatni yakunlab, vataniga qaytdi. Gap "Fulxem" haqida ketmoqda. Autsayder jamoa boshqaruvini dekabr oyida qo'lga olgan Xojson uni avvaliga elitada olib qoldi. Keyingi mavsum esa "Fulxem" o'sishga erishib, mavsumni 7-o'rinda yakunladi va UEFA kubogi yo'llanmasiga ega chiqdi. Qizig'i shundaki, uning jamoasi xalqaro musobaqa finaliga qadar etib bordi. Xojson shogirdlari bilan UEFA kubogining amaldagi sohibi "SHaxtyor", shuningdek, "Yuventus", "Volfsburg" va final mezboni "Gam­burg"ni kurashdan chetga chiqargandi. Finalda esa tarkibida David de Xea, Diego Forlan va Serxio Aguero o'ynagan "Atletiko"ga qo'shimcha bo'limlarida yutqazib qo'ydi. Umuman olganda, Xojson "Fulxem"da muvaffaqiyatli yillarni o'tkazdi.

"Liverpul"

2010 yilda Roy "Liverpul" bosh murabbiyi etib tayinlandi. U ispaniyalik mutaxassis Rafael Benites o'rnini egalladi. Biroq Xojson jamoani kuchaytira olmadi. Aslida jamoa o'sha vaqtda o'rtamiyona bo'lib qolgan va botqoqlikdan olib chiqib ketadigan mutaxassis qidirayotgandi. Xojson esa bu botqoqlikdan olib chiqa olmadi. "Liverpul" APL doirasidagi 22 ta o'yindan atigi 8 tasida g'alabaga erishdi. Liga Kubogida quyi liga jamoasidan engildi. SHu tariqa, qahramonimiz 6 oydan so'ng jamoa bilan xayr­lashdi.

"Vest Bromvich"

Qahramonimiz odatda qiyin vaziyatda qolgan jamoalarni qutqarish ishlariga qattiq bel bog'lagan. "Vest Bromvich"dagi faoliyati ham bundan mustasno emas. Jamoani 17-o'rindan 11-pog'onaga ko'tardi. Keyingi mavsum "bug'ular" 10-o'rinni band etishdi. Natijalar ijobiy bo'lganidan so'ng Angliya terma jamoasiga taklif qilindi. 

"Kristal Pelas"

Roy bobo londonliklarni 2017-2021 yillar oralig'ida boshqardi. U Angliya terma jamoasidan ketgach, faoliyatini tugatishni rejalashtirayotgan edi. Kutilmaganda "Kristal Pelas"dan tushgan taklif uning fikrini o'zgartirdi. Uning kelishi jamoaning natijalariga ijobiy tasir ko'rsatdi. Mavsum boshidagi g'alabasiz seriyaga barham berdi va jamoani 11-o'ringa qadar ko'tardi. Keyingi mavsumlar 12 va 14 (2 marta)-o'rinlardan joy olishdi. Ko'pchilik Xojson uchun "Kristal Pelas" so'nggi jamoa bo'lishi mumkinligi haqida gapirishni boshlagandi. Biroq u hozircha to'xtamasligini namoyish etdi.

Samandarbek tarjimasi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика