"Quruq start". 7 o'yin - 6 gol
05 mar 2022 15:31
Yangiliklar
Bilasiz, g'alaba qozonishni istagan jamoa futbolni gol urish uchun o'ynaydi. Ishqibozlar ham stadionga kino ko'rish yoki murabbiy va futbolchilar o'rtasidagi dialogni eshitish emas, chiroyli gollarni tomosha qilish uchun kelishadi. Bu tomondan qaralsa, o'zbek futboliga ixlos qo'yib, chempionat startini kutgan 43 456 nafar muxlisga 1-tur nima berdi?
7 o'yindan 3 tasida hisob ochilmadi. Qolgan bahslarda faqat 6 nafar futbolchi o'z nomiga gol yozdirib qo'ydi: SHahzodbek Ubaydullaev, Dragan CHeran, Hojimat Erkinov, SHohnazar Norbekov, Erkin Baydullaev, Aleksandr Stanislavlevich. Etiborli jihati, gollarning teng yarmi 11 metrli jarima zarbasidan keyin urildi. Yani, 14 ta klub birgalashib, toza o'yindan atigi 3 ta to'p kiritishdi va bu O'zbekiston chempionatlari tarixidagi eng "quruq" startga aylandi (6 gol).
Xo'sh, oldingi mavsumlarning birinchi turida nechtadan gol urilgan edi?
1992 yil: 21 ta
1993 yil: 19 ta
1994 yil: 21 ta
1995 yil: 22 ta
1996 yil: 23 ta
1997 yil: 20 ta
1998 yil: 10 ta
1999 yil: 20 ta
2000 yil: 27 ta
2001 yil: 28 ta
2002 yil: 19 ta
2003 yil: 21 ta
2004 yil: 24 ta
2005 yil: 22 ta
2006 yil: 19 ta
2007 yil: 17 ta
2008 yil: 11 ta
2009 yil: 16 ta
2010 yil: 15 ta
2011 yil: 13 ta
2012 yil: 9 ta
2013 yil: 21 ta
2014 yil: 14 ta
2015 yil: 18 ta
2016 yil: 24 ta
2017 yil: 16 ta
2018 yil: 8 ta
2019 yil: 15 ta
2020 yil: 22 ta
2021 yil: 15 ta
Fikrlar