Qozog'istonlik futbolchi o'ziga "Real" tomonidan qiziqish haqida gapirdi Yangiliklar

Qozog'istonlik futbolchi o'ziga "Real" tomonidan qiziqish haqida gapirdi

"Zenit" himoyachisi Nurali Alip o'z xizmatlariga "Real" tomonidan bo'lishi mumkin bo'lgan qiziqish haqida fikr bildirdi.

"Hozircha, yozda qaysi klubda bo'lishimni bilmayman. Mish-mishlarga izoh berib o'tirishdan mano ko'rmayapman. Hali o'sishim kerakligi va buning iloji borligini sezib turibman. "Real" haqidagi malumotlarni, ulardagi izohlarni menga tashlashni boshlashgani yodimda. Albatta, qozog'istonlik hamyurtlarim meni kuzatib borayotgani va qo'llab-quvvatlashi juda yoqimli.

Bu malumotni tarqatayotganlardan ranjiganim yo'q. Tushunaman, futbol — doimo mish-mishlarga to'la bo'ladi. Jamoadagilar ham bu haqida mashg'ulotlarga menga gapiraverishdi. 

O'zim hozirda "Jirona" va "Bayer"ni ko'proq kuzatib boryapman — chinakam sensaciya va ikki klub ham oldinga qadam tashladi. CHempionlar Ligasida asosan "Real"ning o'yinlarini kuzatib boraman", - dedi Nurali.

Reyting: +5   

Fikrlar

+1   
23 fev 23:07:06
TeMuR1994
manga bavariyadan xat keldi))))
   
24 fev 07:06:05
Барселона. Арсенал. Пахтакор.
Омадини берсин. Миш- мишлар хакикатга айланиб, Реал юлдузи бупкет
   
23 fev 22:38:35
Madridist Real Blancos
Rus klublari shunaqa piyar qilib narxini kótarib oladi Abbosga Bavariya bunga Real ertaga Ashurmatovga ham Liverpul Barselonalar qiziqib qolsa ajabmas
   
23 fev 22:31:48
Pirlo_21
Ой қандай керемет. Алға қазақ жигиттери
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика