So’nggi yangiliklar

08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  1 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  2 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  2 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  3 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  20 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2

Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi: "O'zbekistoning o'yiniga tashrif buyurib, sizlarga muxlislik qilmoqchiman. O'zbeklarning qo'llab-quvvatlashidan ko'zimga yosh keldi" Yangiliklar

Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi: "O'zbekistoning o'yiniga tashrif buyurib, sizlarga muxlislik qilmoqchiman. O'zbeklarning qo'llab-quvvatlashidan ko'zimga yosh keldi"

Futzal bo'yicha Jahon chempionati 1-turidan o'rin olgan Ispaniya - Qozog'iston (1:1) uchrashuvidan so'ng Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiyi Rikardo Kaka saytimizga kichik intervyu berdi.

"Kurashlarga boy uchrashuv guvohiga aylandik. Ikki terma jamoa o'rtasida har doim shunday qiziqarli bahslar bo'lib turadi. Biz bugun Ispaniyani mag'lub etini istagandik, ammo buni uddalay olmadik. O'yin davomida ko'p yo'qotishlar bo'ldi, o'yindan oldin ham yo'qotishlar bo'lgandi. Biz bor-yo'g'i 7-8ta futzalchi bilan o'ynamoqdamiz" - deya fikr bildirdi Rikardo Kaka

- Qozog'iston o'yinning qaysi jabhasida raqibdan ustunroq bo'ldi deb o'ylaysiz?

- Fikrimcha, himoyada. Biz bugun ko'proq himoyalandik. Ispaniya esa hujum qildi. Biz "ikkinchi" raqamli jamoa bo'ldik. Hujum o'yinlarni yutadi, himoya esa sovrinlarni degan gap bor.

- Qozog'iston ushbu Jahon chempionatida o'z oldiga qanday maqsad qo'ygan? Qaysi bosqichdagi ishtirok Qozog'iston uchun yaxshi natija deb hisoblanadi?

- O'tgan mundialdan ham yaxshiroq natija kutishmoqda. Biz buni his qilyapmiz va bu bizga bosim bo'lmoqda, lekin shu bosim, aslida bizning ustunligimiz hisoblanadi. O'tgan Jahon chempionatida yarim finalda ishtirok etgandik. Muxlislar bu safar ham yarim final natijasini kutishmoqda. Men jamoamga ko'p marotaba takrorlayapman, bizda aniq bir maqsad yo'q. Maqsadimiz har bir uchrashuvda g'alaba qozonish.

- Uchrashuv davomida "Andijon" sport kompleksiga tashrif buyurgan barcha muxlislar Qozog'istonga muxlislik qilishdi. Muxlislar yaratgan atmosfera haqida fikr bildirib o'tsangiz?

- O'zbekistonlik barcha muxlislarga rahmat aytaman. Bugun o'zimni xuddi uydagidek his qildim. Andijonga etib kelgan kunimizdan beri uyda yurgandekmiz. Uchrashuvdan oldin muxlislar "koridor" qilib o'yinga kuzatib qo'yishdi. Hamma bizni qo'llab-quvvatlamoqda. Hamma erda O'zbekiston va Qozog'iston bayroqlari, bu shunchaki ajoyib. Barcha bizga g'alaba tilamoqda. Bunday vaqtda o'zimni tiyib tura olmadim va ko'zimga yosh keldi, to'g'risi. Imkon qadar tezroq O'zbekiston terma jamoasining o'yiniga tashrif buyurib, ularga muxlislik qilishni kutyapman. Muxlislar tribunasiga kelib, O'zbekistonga muxlislik qilmoqchiman. O'zbeklarning bunday hurmatiga qanday javob qaytarishni bilmayapman. Aytgancha, O'zbekiston va Qozog'iston terma jamoalari musobaqani durang bilan boshlashdi.




Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика