Qozog'iston. "Ordabasi" safarda g'alabaga erishdi, Bobir Abdixoliqovdan golli uzatma
13 avg 2023 22:30
Yangiliklar


Qozog'iston. "Ordabasi" safarda g'alabaga erishdi, Bobir Abdixoliqovdan golli uzatma
Qozog'iston premer-ligasining 19-turidan o'rin olgan "Qaysar" - "Ordabasi" uchrashuvi yakuniga etdi.
Mehmonlar safida ikki nafar o'zbekistonlik futbolchi SHohboz Umarov va Bobir Abdixoliqov bahsni zaxiradan boshladi. Ikkinchi taymda ikkala hamyurtimiz maydonga tushdi. Abdixoliqov 71-daqiqada Asxat Tagribergenga golli uzatma berdi. Yakunda "Ordabasi" safarda 3:2 hisobida zafar quchdi.
18ta o'yindan 45 ochko to'plagan "Ordabasi" hamon yakka peshqadam bo'lib turibdi. Keyingi o'rinlardagi "Aktobe" va "Astana" hisobida 39tadan ochko mavjud.
"Qaysar" - "Ordabasi" 2:3
Gollar: Dmitriy Borodin 65 penalti, Vasiliy Sovpel 75 - Sergey Maliy 14, Evgeniy Makarenko 40, Asxat Tegribergen 71 (Bobir Abdixoliqov).
CHetlatish: Zagre Ben Aziz 33 ("Qaysar").
O’xshash yangiliklar

Fikrlar