So’nggi yangiliklar

19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  3 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  6 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  3 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  1 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  1 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  9 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  26 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1

Qosimovning "qaldirg'ochlari" Qarshida parvoz qilishdi Yangiliklar

Qosimovning "qaldirg'ochlari" Qarshida parvoz qilishdi

Teglar :  NasafBunyodkor
Jurnalist SHahboz Beg'amov kecha bo'lib o'tgan markaziy o'yin "Nasaf" - "Bunyodkor" (0:1) uchrashuvi haqida va o'yin atrofidagi bazi holatlar bo'yicha batafsil to'xtaldi.


Muxlislar qatorida futbol tomosha qilishni zavqi baribir boshqacha.
Kecha Qarshida bo'lib o'tgan Oliy liganing 18-turidan o'rin olgan markaziy bellashuv "Nasaf" - "Bunyodkor" (0:1) uchrashuvini tomosha qilish uchun stadionga borgandim.


UCHRASHUV AHAMIYATI
Akkreditaciya Toshkentda qolib ketgani tufayli o'yinni media-tribunada emas, balki muxlislar qatorida kuzatib bordim.
Qarshida mahalliy muxlislar tomonidan ushbu o'yinga bo'lgan qiziqish ancha yuqori edi.
To'g'ri, avvallari "Bunyodkor" Qarshiga kelganida stadion deyarli to'lardi. Ammo oxirgi yillarda "Nasaf" ham ancha muxlislarini yo'qotib qo'ydi. "Markaziy" stadionda qachon oxirgi marta chinakamiga anshlag bo'lganini eslash mushkul.
O'tgan yilgi OCHL o'yinlarida ham stadion to'lmay qo'ygandi.
Bu safar o'yinga 8586 nafar ishqiboz tashrif buyurdi. Hozirgi Oliy liga uchun bu yomon ko'rsatkich emas.
Mahalliy ishqibozlar uchun bu qarama-qarshilik ancha principial ahamiyat kasb etadi. Turnir jadvali jihatidan ham, birinchi davradagi alamli mag'lubiyat uchun qarshilik ishqibozlar ushbu uchrashuvda o'z suyuklilaridan faqat g'alabani kutib stadionga tashrif buyurishdi.
O'yinga qancha chipta chiqarilganini bilmadim-u, ammo chipta axtari bellashuvga kira olmagan muxlislar ham bo'ldi.


O'YIN HAQIDA
O'yinga to'xtaladigan bo'lsam, avvalo bellashuv ancha shiddatkor hamda keskin kurashlarga boy o'tganini alohida etirof etmoq lozim. Uchrashuvning ichki dinamikasi ancha yuqori edi.
Toshkentdagi o'yinda ham ushbu jamoalar juda chiroyli futbol namoyish etishgandi. Kechagi to'qnashuvda ham o'sha joziba sezilib turdi. Faqatgina bu safar gollarga boy emas, kurashlarga boy va ehtiroslarga to'la uchrashuv guvohiga aylandik. Birinchi davradagi bahsda imkoniyatlardan foydalangan jamoalar, Qarshida o'yinda vaziyatlarni ko'kka sovurish bo'yicha musobaqalashishdi.
Jamoalar yaratgan vaziyatlardan unumli foydalanishganida, kamida tabloda Toshkentdagi holat kuzatilishi mumkin edi.


Teng kuchli, bir-biriga munosib jamoalar to'qnash kelganida odatda o'yin taqdirini individual jihatdan kuchli futbolchilar yoki murabbiylarning taktik yurishlari hal etadi.
Tarkib jihatdan "Nasaf" tajribali ijrochilar borligi uchun ham kuchliroq edi. Ammo Mirjalol Qosimovning o'yinga puxta reja tayyorlagani va jamoani o'sha reja asosida to'g'ri yo'nalishda o'ynata olgani amalda o'z natijasini berdi.
Bu o'yin nafaqat "Nasaf" - "Bunyodkor" uchrashuvi, balki murabbiylar to'qnashuvi ham edi. Mirjalol Qosimov esa bu gal ham hamkasbini mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'ldi.
"Nasaf"da gol urish uchun vaziyatlar etarlicha bo'ldi, ammo gol uradigan futbolchi topilmadi. Erkinov, CHeran, Golbanda gol urish uchun vaziyatlar yuzaga kelgandi. Ammo bu futbolchilar so'nggi zarbani berishda faol bo'lishmadi.
"Bunyodkor"ga qimmatli va muhim uch ochkoni keltirgan golni Otabek SHukurov penaltidan urdi. O'sha vaziyatda "Nasaf" himoyachisi Umar Eshmurodovning o'z jarima maydonchasida Nurmatovga nisbatan qo'pollik ishlatgani "Nasaf"ga qimmatga tushdi.
"Bunyodkor" tablodagi hisobni yanada yirikroq qilish uchun bir qator imkoniyatlarga ega bo'lgandi. Biroq Ahmadaliev, SHukurov, CHemirtan, Gadoevda so'nggi zarbani berishda xatolik kuzatildi.
O'yindagi eng qulay imkoniyat zaxiradan tushgan CHemirtanda vujudga kelgandi. "Bunyodkor"ning Qosimov imzosi ostida haqiqiy qarshi hujumidan keyin CHemirtan bo'm-bo'sh darvozani ishg'ol qilish o'rniga to'sinni poyladi.
Bu esa o'yin so'nggi daqiqalargacha asabiy ruhda o'tishini taminladi.
"Nasaf" harchand urinmasin, ammo tablodagi hisobni 1:1ga keltirish ularga nasib etmadi.
Natijada "Nasaf" joriy mavsumda ilk bor o'z uyida mag'lubiyatga uchradi. SHuningdek, "Bunyodkor"ga ushbu mavsumda har ikkala o'yinda ham yutqazdi. Bu esa 2010 yildan buyon birinchi marotaba sodir bo'ldi.
"Nasaf"ning himoyasi Azamov ketganidan keyin ancha kuchsizlangani ko'rinib qoldi. "Bunyodkor" esa mudofaa chizig'ida ishonchli o'ynagani kechagi g'alabaga zamin yaratdi.


ENG YAXSHILAR

Uchrashuvdagi eng zo'r seyvni maydondagi darvozabonlar emas, balki "Bunyodkor"ning tayanch yarim himoyachisi Javlon Ibrohimov namoyish qildi.
To'p darvozaga kirib ketayotgan bir vaziyatda Ibrohimov darvozabonlardan kam bo'lmagan harakat bilan Erkinovni zararsizlantirishga erishdi va jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi.
"Bunyodkor"ning yangi darvozaboni Suhrob Sultonovning qo'pol xatosidan keyin Bahrom Abduraximovda gol urish uchun qulay imkoniyat yuzaga kelgandi. Ammo bu safar ham Javlon Ibrohimov xavfni bartaraf etib jamoasi joniga oro kirgani tahsinga sazovor.

SHu kuni "Bunyodkor"ning yosh himoyachisi Islom Qobilov markaziy himoyada shu qadar ishonchli o'ynadiki, uning harakatlarini markaziy himoyachilarga qo'llanma sifatida foydalansa ham bo'ladi, degan fikr tug'ildi.
Haqiqatdan ham Islom Qobilov kecha Dragan CHeran, SHahboz Erkinovni zararsizlantirishda faol o'ynadi va butun o'yin davomida bir qator xavflarni bartaraf etdi.
Islom Qobilovning kechagi o'yini oldida shlyapamni echishga tayyorman. Anvar G'ofurov va Islom Qobilov tandemi himoya markazida endigina o'ynashni boshladi va qisqa muddat ichida yaxshi ko'nikib hamda moslashib ketishni uddalashdi.
Qobilov kechagi bahsda himoyadagi haqiqiy qurg'on ekanini isbotladi.


SHohruh Gadoev ham o'zining sobiq jamoasiga qarshi o'yinda eski Gadoevga aylandi. Qarshidagi "Markaziy" stadionda har doimgidek o'zining eng yaxshi o'yinlaridan birini o'tkazdi. Oxirgi yillarda avvalgi Gadoev yo'qolib borayotgandi. Kechagi uchrashuvda biz o'sha muxlislar sog'ingan Gadoevni ko'rdik. Qosimov qo'l ostida Gadoev yana porlashni boshlagandek taassurot uyg'otdi.
Tezkorligi, himoyaga qaytib jamoaga orqada yordam berishi, zargarona to'p uzatmalari va jozibador harakatlari bilan kechagi o'yinda ajralib turgan Gadoevdan muntazam shu tarzda o'ynashini kutib qolamiz.
Qosimov Gadoevni qaytarayotgani rost bo'lsin.
Buyog'iga futbolchi o'z ustida ishlashdan to'xtamasligi va shu ruhda davom etishi lozim.

"Nasaf"dan esa Aziz G'aniev boshqalardan yaqqol ajralib turdi. To'g'ri, maydon markazi shu kuni "Bunyodkor"ga boy berib qo'yildi. Lekin Aziz G'aniev bir qator vaziyatlarda raqib hujumlarini buzishda jonbozlik ko'rsatdi, jamoasining hujumlari ham aksariyat vaziyatlarda aynan G'aniev orqali boshlandi. SHu kuni G'aniev Otabek SHukurov bilan bo'lgan o'zaro duelda g'olib chiqdi, desam mubolag'a bo'lmaydi. O'yin davomida G'aniev va SHukurov o'zaro juda ko'p to'qnash kelishdi va bu to'qnashuvlarning deyarli barchasida Aziz G'aniev g'olib chiqdi.
Markazda "Bunyodkor" o'yinni nazorat qilishida Javlon Ibrohimovning xizmatlari katta bo'ldi. Otabek SHukurov esa hujumlarga yo'nalish berishda jonbozlik ko'rsatdi. SHukurov oxirgi o'yinlari bilan jamoadagi etakchi futbolchiga aylanayotganini isbotlamoqda.


KO'NGILNI XIRA QILGAN JIHAT


Kecha "Markaziy" stadionda yaxshi muhit yuzaga kelgandi. 8 mingdan oshiq ishqibozlar fonida o'yin ham chiroyli o'tdi. Uchrashuvdagi keskinlik, ehtiroslar qanchalik yuqori bo'lgan bo'lsa, muxlislarning ham xis-hayajonlari shu qadar kuchli edi. Lekin ko'ngilni xira qilgan bir jihat borki, bu haqida gapirmasa bo'lmaydi. O'yin davomida ishqibozlar o'z jamoalarini qo'llab-quvvatlashdan ham ko'ra ko'proq futbolchi, murabbiylar va hakamlarni haqorat qilish bilan mashg'ul bo'lishdi.

To'g'ri, principial qarama-qarshilik, o'yin qiymati, dinamikasi juda yuqori. Tabiiyki, ishqibozlarda ham hissiyot, ehtiroslar junbushga keladi. Asabiy ruhda o'tgan uchrashuvda har qanday muxlis asabiylashadi, o'z jamoasi uchun qayg'uradi. Lekin bu ularga kimnidir haqorat qilishga hech qanday huquq bermaydi.
Futbolchining xatosi yoki qaysidir harakati uchun etirozli ohangdagi gaplarni tushunsa bo'ladi. Bu barcha joyda bor. Futbolning bir qismi.

Lekin hech qaerda o'z jamoasi uchun jon kuydirayotgan futbolchini oila azolari, onasini qo'shib haqorat qilinmaydi. Yoki murabbiy o'z shogirdlariga ko'rsatma berish uchun turganda uni haqorat qilishni qanday tushunish mumkin? Haqorat bo'lganda ham aynan unga qaratilgan emas, balki eng mo'tabar zot onasini qo'shib so'kishni kim qo'ygan ularga? Bilasizmi eng yomoni nimada, o'sha haqorat va so'kayotgan odamlarning yoshi 30dan oshgan va ular orasida nabirali kishilarning ham ko'pligi achinarli.

Yoshlar ichidan haqorat qilganlar deyarli uchramadi yoki ko'rmadim. Ammo "Nasaf"da "CIP" sektorida o'tiradigan ishqibozlarning aksariyati futbol ko'rish uchun emas, balki futbolchi, murabbiy va hakamlarni haqorat qilish uchun kelishgandek taassurot qoldirishdi. Hakamning raqib jamoa foydasi uchun chiqaradigan har bir qarorini haqoratli so'zlar bilan sharhlab borish o'tirgan sektordagi muhitni buzib yuborardi. Futboldan zavqlanish, o'z jamoasini qo'llab-quvvatlash o'rniga birovni aybi bo'lmasa ham so'kib o'tiraverishni rosa boplasharkan bu sektorda.

Futbol tomosha qilish madaniyati nol. Muxlislik madaniyati nol. Achinarli, lekin bu haqiqat. Masalan bizning stadionlarda oilaviy futbol tomosha qilish uchun borish ruscha aytgancha, "ne vygodno". Yoshi katta amakilarning birovni shaxsiyatiga tegib so'kib o'tiraverishidan yosh o'spirin bolalar ham o'rnak olishadimi? Ular ham shu muhitda futbol tomosha qilganidan keyin tabiiyki, ertaga bu bolakaylar ham haqorat qilish bo'yicha usta bo'lib ketishadi.
Kechagi xunuk holat kishini ko'ngligini xira qildi.

Evropada futbol zo'r, deymiz. Lekin u erda muxlislik madaniyati ikki karra zo'r. Evropada, umuman jahonda jamoasi yutqazsa ham qo'llab-quvvatlashadi, ularga dalda bo'lishadi. Hech kim futbolchini haqoratlamaydi yoki uning oila azolarini eslamaydi. Hammaning o'z vazifasi, o'z funkciya bor. Futbolchi maydonda ter to'kadi, qo'lidan kelganicha o'ynaydi. Muxlislar ularni qo'llab-quvvatlash yoki hech bo'lmasa shunchaki futbol tomosha qilib ketadi. Ularga hech kim ularni haqorat qilish huquqini bermaydi. Etirozli chiqishlar yoki bannerlar bilan ularga o'z munosabatlarini bildirishadi. Etirozlarni bildirishda ham madaniyat bilan yondoshishadi.

Guruch ko'rmaksiz bo'lmaydi, degandek muxlislar ichida ham madaniyatsizlari uchrab turadi. Ammo qarshilik ishqibozlarning juda ko'pchiligi o'zlarining yuksak madaniyatlari bilan ajralib turishadi.
Kechagi o'yin tanaffusida ham bir guruh ishqibozlar terma jamoani qo'llab-quvvatlash akciyasida ishtirok etishgani va ajoyib rolik tayyorlashganiga guvoh bo'ldik.

INOBATGA OLINMAGAN GOL
Kechagi o'yinda "Nasaf" hujumchisi Bobir Abdixoliqov urgan gol yon hakam tomonidan bekor qilindi. O'shandan keyin stadionga yig'ilgan muxlislar keskin etirozlar bildirishdi. Ammo hakam o'z ishini qildi va golni inobatga olmay qoida bo'yicha to'g'ri qaror chiqardi. Bu vaziyatda Bobir Abdixoliqov rostan ham o'yindan tashqari holatda qolib ketgandi. Demak barcha etirozlar o'rinsiz.



XULOSA
Kechagi o'yin shuni ko'rsatdiki, "Nasaf"ga nisbatan ko'p ishlatadigan gapim, jamoaga xarakter etishmaydi. Kuchli jamoalar fonida "Nasaf" kuchsizlanib qoladi. O'zidan darajasi past jamoalar bilan o'yinda esa ulardan kuchli jamoani topish qiyin. Kechagi o'yinda "Bunyodkor" har jihatdan raqibiga nisbatan kuchli va faol o'ynadi. Qosimov taktik kurashda Berdievni qisqa muddat ichida ikkinchi bor dog'da qoldirdi.
Bu to'qnashuvda asosiy planga murabbiylar chiqadi. Kecha esa Qosimovning imzosi o'yin taqdirini hal etdi.
Lushanning "Bunyodkor"idan asar ham qolmagan. Men jamoaning o'yinga bo'lgan yondoshuvi, natija uchun kurashishi va xarakterini nazarda tutyapman. Qosimov jamoaga allaqachon g'oliblik ruhini olib kirishga erishgani ko'rinib turibdi. Jamoada yutuqlarni qo'lga kiritgan futbolchilar yo'q. Ammo murabbiy ularga qaysi jamoa sharafini himoya etayotganini miyasiga singdirmoqda va jamoa o'sha murabbiy aytgan "Bunyodkor"ni madhiyasini qaytarishga bel bog'lashgani sezilib turibdi.
Qosimov mavjud tarkibdan maksimum tarzda foydalanmoqda va futbolchilar o'z boshlaridan bir bosh baland sakrashga muvaffaq bo'lishmoqda. Kechagi o'yindagi jangovor "Bunyodkor" oxirgi yillarda yo'qolib borayotgandi. Qosimov qaytganidan keyin avvalgi "qaldirg'ochlar" ham qaytayotganidan darak bu.


"Nasaf"da pasayish davom etmoqda.
Jamoa Berdiev qo'l ostidagi o'zining eng gullagan davrini 2015 yilgi mavsumda o'tkazgandi. Keyinchalik esa o'yin jihatidan ham, natijalar borasida ham pastlash davom etmoqda.

Oddiy misol:
"Nasaf":
▪️2015 - bronza✔️, O'zbekiston kubogi✔️, OCHL gurux boskichi✔️.
▪️2016 - bronza✔️, O'zbekiston kubogi finali✔️, OCHL gurux boskichi✔️.
▪️2017 - bronza? final? OCHL pley-off.


Ha-ya, aytgancha, "Nasaf"ning kechagi mag'lubiyati joriy mavsumdagi ettinchisi bo'ldi. Bu ko'rsatkich bo'yicha "Nasaf" "Obod" (12), "SHo'rtan" (10), "Neftchi" (9), "So'g'diyona" (9), "Metallurg" (9), "Dinamo" (8) jamoalaridangina yaxshiroq natijaga ega.
Qolgan (9ta) to'qqiz jamoa "Nasaf"dan ko'ra kamroq mag'lubiyatga uchragan.

Barcha grand jamoalarda murabbiylar o'zgardi. "Bunyodkor" hamda "Paxtakor" misolida shuni aytish mumkin. Lekin etibor bering, ularda murabbiylar almashuvidan oldin avval rahbariyat butkul yangilandi. "Nasaf" yangi marralarni ko'zlasa, demak o'zgarishlar qilishi zarur. Hozirgi jamoa bor potencialini ishga solib bo'ldi va ulardan bundan ortig'ini kutishdan naf yo'q.
"Nasaf"ning hozirgi rahbariyati murabbiylarga to'liq ishonadi va ular katta ehtimol bilan Ro'ziqul Berdievga ishonishda davom etishadi. Ular bir jamoa. Demak yangi rahbariyat kelmaguncha hech narsa o'zgarmasa kerak. Muxlislarning esa ularga ishonchi so'nib bormoqda. Bunga jamoa qayd etayotgan natijalar sabab bo'lmoqda.
"Nasaf"da ham allaqachon o'zgarishlar payti kelgan. Bu qachon amalga oshishini vaqt ko'rsatadi.


SHahboz BEG'AMOV

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика