Qo'shib berilgan daqiqalarda 3ta gol? Bo'lishi mumkin emas...
03 avg 2016 11:35
Yangiliklar
Qo'shib berilgan daqiqalarda 3ta gol? Bo'lishi mumkin emas...
Ushbu jamoalarning Norvegiyadagi uchrashuvida "Rusenborg" 2:1 hisobida g'alaba qozongan edi. Javob bahsida APOEL 90 daqiqa raqib darvozasini ishg'ol eta olmadi va ...
Polshalik hakam uchrashuv asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berdi. Qo'shimcha vaqtning ilk daqiqasida braziliyalik Vander to'pni chap qanotdan jarima maydonchasiga erlatib uzatdi va uning uzoq burchakdagi jamoadoshi Yanniotas darvozani aniq nishonga oldi. 1:0 hisobia "Rusenborg"ni qoniqtirmas edi va shu sababli norvegiyaliklar ko'pchilik bo'lib hujumga o'tishdi va ular yana bir bor o'z darvozsini qo'riqlay olishmadi. Uchinchi gol "Rusenborg" himoyasidagi palapartishlik tufayli sodir bo'ldi. 90 daqiqa davom etadigan uchrashuv 100-daqiqada yakunlandi.
APOEL Kipr – Rusenborg Norvegiya 3:0 (0:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 90 Yanniotas, 2:0 – 90 Vander, 3:0 – 90 De Vinsenti.
APOEL – Vaterman, Karlao, Astic, Milanov, De Vinsenti, Moraish, Vinisius (Orlandi, 72), Aleksandru, Efrem (Vander, 72), Yanniotas, Soteriu (de Kamargo, 77).
Rusenborg – Kvarasi, Reginiussen, Eyelfsson, SHelvik, Yensen (Bordal, 87), Svensson, Midtshe (Vilxyalmsson, 77), Konradsen, Xellann (Rashani, 82), de Lanle, Gyutkyaer.
Ogohlantirishlar: Gyutkyaer (64), Astic (72), Yensen (80), De Vinsenti (83), Kvarasi (88), Vander (90), Eyelfsson (90), Yanniotas (90).
Birinchi o'yin – 1:2
TAS-IX
TAS-IX emas
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar