So’nggi yangiliklar

01:57"Интер" кетма-кет 5 та пенальти қайтарган дарвозабонни сотиб олмоқчи  1 01:18Левандовски билан можаро сабаб ишсиз қолган мутахассис Қозоғистон терма жамоасини бошқариши мумкин  3 00:49"Бавария" "Барселона", "Ливерпул" ва "Реал" қизиқаётган ҳимоячи билан боғланди  0 00:15Жейми Каррагер: "Ливерпуль" деярли баскетбол жамоасига айланиб қолди"  1 23:31УЕФА "Барселона" ва "Милан"га АҚШ ва Австралияда ўйин ўтказишга рухсат берди, лекин ташкилот миллий лигалар ўйинларини чет элда ўтказишни қўллаб-қувватламайди  0 22:31ФИФА президенти Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийини табриклади  30 22:00"Барселона" Араухони қанчага сотмоқчи?  6 21:36"Қайрат" бош мураббийи Калмурзага машина совға қилиниши ҳақида: "Агар ёрдам бермоқчи бўлсангиз – клубга автобус ёки микроавтобус совға қилинг. Бир кишини алоҳида ажратиш нотўғри, бу жамоавий спорт"  4 21:08"Марсель" "Реал" ҳужумчисини ижарага олмоқчи  1 20:01"Челси" "Ювентус" етакчиси учун 66 млн евро таклиф этди ва рад жавобини олди  7 19:39Гвардиола Родрининг янги жароҳати ҳақида: "Биз унга ғамхўрлик қилишга ҳаракат қилдик, аммо бўлар иш бўлди"  2 19:16Шенсни "Барселона"да биринчи марта мағлубиятга учради   1 18:55Уругвай терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин учун қайдномаси маълум  34 18:27Ўзбекистон терма жамоаси машғулотларга киришди   20 18:16Алонсо Килиан Мбаппе жароҳат олганини маълум қилди  7

Qo'shaloq bayram muborak bo'lsin, Ulug'bek Mirzaev Yangiliklar

Qo'shaloq bayram muborak bo'lsin, Ulug'bek Mirzaev

Bugungi sanada o'z tavallud ayyomlarini nishonlayotgan keng futbol jamoatchiligi vakillarini hayotlaridagi unutilmas sana bilan muborakbod etishda davom etamiz.

Ayniqsa, bugun tug'ilgan kunini nishonlayotgan hamyurtlarimiz uchun bu qo'shaloq bayram. 1 oktyabr - O'qituvchi va murabbiylar kunida tavallud ayyomini oila azolari davrasida nishonlashning fayzi bo'lakcha bo'ladi. 

Ana shunday baxtiyor insonlar qatorida taniqli futbol mutaxassisi Ulug'bek Mirzaev ham bor. Ulug'bek Abdusattorovich bugun 42 yoshga to'ldilar. Toshkent moliya institutida tahsil olgan bugungi qahramonimiz futbolga qiziqishi sabab o'zini hisob-kitob yoki menejment olamida emas, umuman teskari soha - jurnalistikada sinab ko'rdi. Bu urinish esa kutilganidan ham yaxshi samara berdi. U bir necha yil davomida "Paxtakor" klubi matbuot xizmatida ishladi. O'z maqolalari bilan "Interfutbol" va boshqa futbol nashrlarida chiqish qildi. Malum muddat o'zi tug'ilib o'sgan Andijon viloyatining bosh jamoasi - "Andijon"da sport direktori lavozimida mehnat qildi. 

2019 yil esa Ulug'bek Mirzaevning hayoti va faoliyatida tub burilish bilan boshlandi. Faoliyatini jurnalistikadan boshlagan Ulug'bek aka 2019 yil 8 yanvar kuni biroz kutilmaganda "Bunyodkor" professional klubi bosh direktori etib tayinlandi. Tan olish kerak, o'sha paytda "Bunyodkor" jamoasi qiyin davrni boshdan kechirayotgan, klubda moliyaviy muammolar yuzaga kelgan edi. Sohani ichidan yaxshi bilgani uchun bugungi qahramonimiz yangi ish joyida o'zini yo'qotib qo'ymadi. Qisqa fursat ichida jamoadagi muammolar barham topib, vaziyat ijobiy tomonga o'zgara boshladi. Sergey Lushchan va klub o'rtasida uzoq vaqt davom etgan sud jarayoni ham aynan Ulug'bek Mirzaevning say-harakatlari bilan "Bunyodkor" foydasiga hal bo'ldi. SHuningdek Sergey Simomnenko hamda Rivaldo masalasiga ham barham berildi. Klub bir qisqa fursatda avvalgi mavqeini tiklay oldi. Xalqaro aloqalar o'rnatildi, marketing borasida ham oldinga siljish kuzatildi. Jamoaga tajribali mutaxassis Vadim Abramov bosh murabbiy etib tayinlandi. CHempionatdagi eng yosh tarkib bilan Superligada qatnashgan "qaldirg'ochlar" yakunda bronza medallariga ega chiqishdi.

Ulug'bek Mirzaev oilaparvar inson. U turmush o'rtog'i bilan 4 nafar farzandni tarbiyalayapti. Ukasi Bahodir Mirzaev esa hozirda poytaxt viloyatining AGMK jamoasida sport direktori lavozimida ishlayapti. Ukasi ham o'z vaqtida futbolga oid maqolalari bilan turli nashrlarda chiqish qilgan. Umuman olganda, futbolga oshufta oila!

Saytimiz xodimlari nomidan Ulug'bek Mirzaevga sog'lik va salomatlik, omad va oilaviy xotirjamlikni tilab qolamiz!

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика