So’nggi yangiliklar

12:12Месси ва Альба бугун нега ўйнамади? Маскерано жавоб берди  0 11:49Фақатгина 3 мураббий Пепнинг "Сити"сини "Этихад"да икки хил клуб билан мағлуб қила олган  2 11:32Авазбек Ўлмасалиев: "Миллий терма жамоага илк маротаба чақирилганимдан хурсандман"  1 11:16"Тоттенхэм" Мэддисон ўрнига бошқа футболчи топди  0 10:51Бруно Фернандеш "Ал-Иттиҳод" билан яширин учрашув ўтказди. Футболчи йиллик истагини маълум қилган  3 10:20"Барселона" ёзда сотиб олган футболчини Туркия клубига ижарага бермоқчи  1 09:48Флик "Барселона"нинг "Леванте"га қарши ўйинига муносабат билдирди  10 09:18"Ал Иттиҳод" 18 ёшли футболчига 50 миллион евро тўлашга тайёр  0 08:51Модрич А Серия рекордини ўрнатди  1 08:20Артета кечаги учрашувда жароҳат олган етакчилари ҳақида фикр билдирди  1 07:52Роналду ушбу натижага эришган тарихдаги илк футболчи  16 07:24МЛС. Мессисиз "Интер Майами" мусобақа аутсайдерини мағлуб эта олмади  5 07:05Суперлига. "Насаф" сафарда "Сурхон"ни енгди, "Хоразм" эса ОКМК майдонида мағлубиятга учради  0 02:36Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Леванте"га қарши 0:2ни 3:2га айлантириб, ғалаба қозонди  71 01:55А Серия. "Наполи" ва "Рома"да ғалаба, "Милан" эса кутилмаганда ўз уйида "Кремонезе"га мағлуб бўлди  5

"Qo'rqoq o'yin" qilayotgan "Andijon" yoxud Xomyakovdan Simeonega o'xshamagan taqlid Yangiliklar

"Qo'rqoq o'yin" qilayotgan "Andijon" yoxud Xomyakovdan Simeonega o'xshamagan taqlid

Superliganing beshinchi tur bahslari yakunlanib bo'ldi va jamoalar har xil natija namoyish etmoqda.

 "Neftchi" va "Bunyodkor" kabi klublar chempionatni ajoyib tarzda boshlab ko'pchilikni quvontirayotgan bo'lsa, "grand"larimiz esa etarlicha ochko yo'qotishga ulgurishdi,  Superligada jon saqlash uchun kurash olib boradigan jamoalar ham deyarli aniqlanib bo'ldi. Bugun yani ushbu mavsum "elita"ga qaytgan "Andijon"ning o'yini va uslubiga chuqquroq to'xtalib o'tamiz.

Natijalar

"Andijon" joriy mavsum Superliganing 5ta bahsida 2 bor g'alaba va 3 marotaba mag'lubiyat alamini tortdi.

Dastlab "sensacion" tarzda Qarshida "Nasaf" mag'lub etilgan bo'lsa, ikkinchi turda kurashlarga va qizil kartochkalarga boy o'tgan uchrashuvda "Surxon"dan 1:0 hisobida engilgan edi. Uchinchi turda esa bir oz "agressiv" futbol namoyish etgan "Andijon"  "qaldirg'ochlardan" yirik hisobda mag'lub bo'lgan edi. 4-turda esa "Olimpik" taslim etilgan edi va beshinchi tur bahsida "vodiy" derbisida "Neftchi"dan 2:0 hisobidagi mag'lubiyatni qabul qilib oldi.

1-tur 

"Markaziy" stadioni

"Nasaf" 0:1 "Andijon" 

Gollar: 86 Abdunabiev 

2-tur 

"Paxtakor" stadioni

"Surxon" 1:0 "Andijon"

Gollar:  81 Hamidjonov  

CHetlatishlar: 53 Arveladze, 90(+9) Hebay

3-tur 

"Istiqlol" stadioni 

"Andijon" 0:3 "Bunyodkor" 

Gollar: 22 Abdumannopov, 37 Ivanovich, 69 Ismonaliev

4-tur 

"Jar" stadioni 

"Olimpik" 0:1 "Andijon" 

Gollar: 3 Mamatkazin

CHetlatish: 90(+4) Kavtaradze

5-tur 

"Istiqlol" stadioni

"Andijon" 0:2 "Neftchi" 

Gollar: 9 Turopov, 22 To'xtasinov

CHetlatish: 64 To'xtasinov


Taktika va uslub

"Andijon"liklar mavsum boshidanoq himoyaviy o'yin namoyish etib kelishmoqda. Birinchi navbatda o'z darvozasi oldida vaziyatlar yaratishga yo'l qo'ymaslik "Andijon"ning birinchi maqsadi, jamoaga hujumga o'tganida esa, ko'proq qanotlardan yani havodan to'plarni uzatib berib, raqib darvozasiga xavf solishni maqsad qilgan, shuningdek standart vaziyatlar ham jamoaning asosiy qurollaridan biri. Ushbu uslubning nimasi yomon ko'pgina "autsayder" jamoalar himoyaviy o'yin namoyish etishadi deyishingiz mumkin, lekin "Andijon"da holat bir oz boshqacha, Xomyakov shogirdlari "Atletiko"ning mashhur "avtobus" uslubida o'ynashmoqda. "Andijon" raqib darvozasiga gol urib olishi bilan darrov himoyaga yotib olmoqda va tamom. Sifati o'yinchilar va xavfli vaziyatlarni golga aylantira oladigan sifatli hujumchilar etishmayotgandek jamoaga. Superliganing "Olimpik"ga qarshi kechgan 4 tur bahsida bunga guvoh bo'ldik, erta urilgan gol va qolgan 87 daqiqada hisobni saqlab qolish uchun  harakat bo'ldi. To'g'ri "Andijon" o'yini zerikarlidir, lekin hozircha ish berayotganini takidlash joiz. Ayniqsa kuchli jamoalar bilan bahslarda bu qo'l keldi, deya olamiz.  Xomyakov jamoasining uslubi vaqtinchalik ish berayotgandir lekin butun mavsum davomida bunday uslub va zerikarli o'yin natija bermay qolishi ham mumkin. "Andijon" jamoasiga faqatgina omad va o'z muxlislari kabi yorqin o'yinlarni tilab qolamiz. 

Keyingi uchrashuvlar 

"Andijon" jamoasini oldinda qiyin taqvim kutib turibdi. Jamoa keyingi turni musobaqa "favorit"laridan biri "Navbahor"ga qarshi mehmonda o'tkazadi. 7 turda esa andijonliklar musobaqa "autsayder"i Bekobodning "Metallurg" jamoasiga qarshi o'tkazadi, "autsayder"lar jangi ancha qiziq kechishi shubhasiz. 8 turda esa "Andijon" amaldagi chempion "Paxtakor" sinovidan o'tadi.

Taxmin 

Superliga

7-tur 

"Navbahor" : "Andijon" 

Imkoniyatlar: 70% 30% "Navbahor" foydasiga


Abdulvosit Bektemirov

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика