So’nggi yangiliklar

12:02Лиам Росеньор Мудрик ҳақида: "У билан гаплашиб олишим керак, ҳозир у учун қийин давр"  0 11:45Арне Слот "Борнмут"дан учралган мағлубият сабабини айтди  1 10:55Олександр Воробей собиқ жамоаси билан шартнома имзолади  0 10:36САфарда. "Динамо"нинг БААдаги машғулотлари қандай кетмоқда? Вадим Абрамов билан интервью  2 10:12"Сўғдиёна"да 8 йил ўйнаган Митрович Сербияга қайтди  0 09:57Арбелоа: "Винисиус ва Мбаппе — ўйин тақдирини ўзгартириб юборишга қодир икки энг яхши футболчи"  3 09:37"Шўртан" ҳужумчиси "Машъал"га ўтди  0 09:07Жавоҳир Сидиқов: "Қўқон-1912"га бўлган меҳрим бошқача"  2 08:34"Қизилқум" ярим ҳимоячиси "Каттақўрғон"да  0 08:05Достон Турсунов: "Жаҳон чемпионатига боришни мақсад қилганман"  1 07:37Sofascore. Абдуқодир Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 02:59Мбаппенинг дубли "Реал"га "Вильярреал" устидан ғалаба келтирди  14 02:32Аёллар ўртасидаги Испания Суперкубоги: "Барселона" яна "Реал"ни мағлуб этиб, кетма-кет бешинчи бор чемпион бўлди  10 01:55Арне Слот: "Бундай ўйинда 4 дақиқа қўшиб бериш камлик қилади"  9 01:50БУНДЕСЛИГА. "Леверкузен"да қийин ғалаба, "Дортмунд" эса Берлинда зафар қучди  1

Qo'qondagi turnirda finalchilar aniq bo'ldi Yangiliklar

Qo'qondagi turnirda finalchilar aniq bo'ldi

Qo'qon shahrida bolalar va o'smirlar o'rtasida O'zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag'ishlangan "Qo'qon shahar xokimi kubogi" halqaro turniri bo'lib o'tmoqda.

Musobaqada O'zbekistondan 50 ta va Qirg'iziston Respublikasidan 4 ta jamoa ishtirok etmoqda. 

2011-2012 yillarda tug'ilgan futbolchilar o'rtasidagi o'yinlar festival ko'rinishida bo'lib o'tdi. Qolgan yosh toifalarida esa jamoalar avvaliga guruh bosqich o'yinlarida va keyinchalik pley-off bosqichida o'zaro kuch sinashdilar. Bugun barcha yosh toifalarida yarim final o'yinlari bo'lib o'tdi hamda finalda to'p suradigan barcha jamoalarning nomlari malum bo'ldi. 2010 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasidagi final bahsida Toshkentning "Paxtakor" hamda "Bunyodkor" akademiyalari tarbiyalanuvchilari o'zaro kuch sinashadigan bo'lishdi.

2009 yillar o'rtasidagi musobaqaning final o'yini "Andijon FK" hamda "Turon FK" tarbiyalanuvchilari o'rtasida bo'lib o'tadigan bo'ldi.

2007-2008 yillar musobaqasida ham yarim final o'yinlari murosasiz tarzda o'tdi. 

"BO'SM O'SH" – "Ahmadxon FK" jamoalari o'rtasidagi yarim final o'yinida tajribali murabbiy Bahrom Xakimov boshchiligidagi qo'qonlik futbolchilar qirg'izistonlik tengqurlariga hech qanday imkon qoldirishmadi. Uchrashuvda Xakimov shogirdlari 4-0 hisobida g'alaba qozondi. 

Ikkinchi yarim finalda esa "Nasaf" akademiyasi va "Bunyodkor" akademiyasi tarbiyalanuvchilari maydonga chiqishdi. Murosasiz kurashlarga boy o'tgan mazkur bahsning asosiy vaqtida g'olib nomi aniqlanmadi. Penaltilar seriyasida esa qarshilik yosh futbolchilarga omad kulib boqdi. Ular 5-4 hisobida g'alaba qozondi. 

SHunday  qilib,  2007-2008 yilda tug'ilgan futbolchilar  o'rtasidagi final bahsida "Nasaf" akademiyasi hamda "Ahmadxon" futbol klubi jamoalari maydonga chiqadigan bo'ldi.

Musobaqaning final o'yinlari hamda taqdirlash marosimi ertaga, 24 avgust kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.  

Barcha final juftliklari va o'yinlar bo'lib o'tadigan stadionlar bilan tanishing:

2010 yillar. Final. "Paxtakor" – "Bunyodkor". "Ahmadxon" sport majmuasida. 

2009 yillar. Final. "Andijon" - "Turon". "Kimyogar" stadionida.

2007 yillar. Final. "Nasaf-2007" - "Ahmadxon" FK. "Markaziy" stadionida. 

Quyida bugun bo'lib o'tgan  uchrashuvlardan olingan suratlarni tomosha qiling. 


Akramjon Mamadaliev

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика