So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Qo'qondagi musobaqa davom etadi. Yarim finalchilar malum bo'ldi Yangiliklar

Qo'qondagi musobaqa davom etadi. Yarim finalchilar malum bo'ldi

Teglar :  Qo'qon-1912
Qo'qon shahridagi “Ahmadxon” sport majmuasida bo'lib o'tayotgan “Qo'qon – o'zbek futbolining vatani” deb nomlangan xotira turniri kundan-kunga qizib bormoqda.

Musobaqada 26 aprel kuni chorak final o'yinlari bo'lib o'tdi. Juma kungi qulay ob-havo futbol muxlislari uchun uchrashuvlardan yanada ko'proq zavq olishga imkon yaratdi.
Futbolchilar ham musobaqadagi ishtiroklarini davom ettirish uchun bor kuch-g'ayratlarini ishga solishmoqda. Eng asosiysi o'yinlar halol kurashlar ostida davom etmoqda. Jamoalar bir-birlariga o'zaro hurmat saqlagan holda o'yinlarda ishtirok etishmoqda.

Sizlarni chorak final o'yinlarining natijalari bilan tanishtiramiz.

“Spartak” - “Faxriylar-2” 3-2
“1980” - “Progress” 1-3
“Afg'onbog'” – “Faxriylar-1” 2-6
“40 yillik” – “SHahar” 2-4


SHunday qilib musobaqada eng kuchli to'rt jamoa nomi malum bo'ldi.

27 aprel kuni bo'lib o'tadigan yarim final o'yinlarida quyidagi jamolar maydonga tushishadi.


“Spartak” – “Faxriylar-1” - Soat 17-00 da boshlanadi
“Progress” – “SHahar” - Soat 18-00da boshlanadi


Futbol ishqibozlarini qiziqarli va shiddatli bo'lishi kutilayotgan futbol uchrashuvlariga taklif qilamiz. Ha aytgancha "Ahmadxon" sport majmuasiga kelayotgan futbol muxlislarining soni kundan-kunga ortib borayotganini alohida aytib o'tishimiz lozim.

Quyida esa chorak final o'yinlaridan tayyorlangan fotogalareyamizni etiboringizga taqdim qilamiz.

Akramjon Mamadaliev tayyorladi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика