Qo'qonda yoshlar o'rtasida musobaqa bo'ladi
09 dek 2014 16:17
Yangiliklar


Qo'qonda yoshlar o'rtasida musobaqa bo'ladi
Ertaga Qo'qon shahrida 1996-98 yilda tavallud topgan futbolchilar o'rtasida "Siz "Qo'qon-1912"da o'ynashni istaysizmi" deb nomlangan futbol musobaqasi boshlanadi.
Unda Qo'qon shahridagi va unga yaqin hududda joylashgan tumandagi bolalar va o'smirlar, shuningdek Andijon, Farg'ona, Namangan viloyatidan ham bir qator jamoalar ishtirok etishi ko'zda tutilgan. Musobaqani o'tkazishdan ko'zlangan maqsad, kelasi yil yoshlar ligasida ham ishtirok etadigan "Qo'qon-1912"ga iqtidorlilarni ko'zdan kechirishdir.
SHuning uchun musobaqani jamoa bosh murabbiyi Rustam Abdullaevning shaxsan o'zi kuzatib borishni maqsad qilgan. Bu haqda keyinroq yana malumot beramiz.
SHuning uchun musobaqani jamoa bosh murabbiyi Rustam Abdullaevning shaxsan o'zi kuzatib borishni maqsad qilgan. Bu haqda keyinroq yana malumot beramiz.

Fikrlar