So’nggi yangiliklar

01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  1 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  16 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  16 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  1 21:36"Насаф" назорат баҳсида "Хоразм"ни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0 20:50"Машъал" Про-лига вакили билан назорат ўйинида 2 тўп фарқидаги ғалабани ушлаб қола олмади  3 20:29"Шўртан" 4 футболчини таркибига қўшиб олганини маълум қилди  2 19:58"Манчестер Юнайтед" Уоткинс борасида музокараларни давом эттирмоқда  5

Qo'qonda xotira turniri start oldi Yangiliklar

Qo'qonda xotira turniri start oldi

Qo'qon shahrida bolalar futboliga bo'lgan etibor yildan-yilga yaxshilanib bormoqda.

SHaharda turli yoshdagi bolalar o'rtasida futbol turnirlari o'tkazish ananaga aylanib bormoqda.

Bugun Qo'qonda “9-may xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan futbol akademiyalari, professional futbol klublari tasarrufidagi futbol maktablari hamda sport maktablarining futbol bo'limi tarbiyalanuvchilari o'rtasida , “Qo'qon-1912” (Temiryo'lchi) jamoasining sobiq futbolchisi va ichki ishlar xodimi, marhum Nazarov Abror O'lmasovich xotirasiga bag'ishlangan turnir start oldi. Musobaqada 2007-2010 yillarda tug'ilgan bolalardan iborat 6 jamoa ishtirok etmoqda. “Qo'qon-1912”, “Kimyogar” (Qo'qon), “Do'stlik” (To'raqo'rg'on), “Yaypan” (Yaypan), “Farovon” (Marg'ilon) hamda “Parvoz”(Uchko'prik) jamoalari 4 kun mobaynida g'oliblik uchun kurash olib boradilar. Musobaqada har bir jamoa ikkitadan tarkib bilan ishtirok etishmoqda.

Bugun musobaqada dastlabki o'yinlar bo'lib o'tdi. Uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi.

“Qo'qon1912” – “Kimyogar” 3-0 (2007-2008 yillar)
“Farovon” – “Parvoz” 3-0 (2009-2010 yillar)
“Parvoz” – “Farovon” 1-0 (2007-2008 yillar)
“Do'stlik” – “Qo'qon-1912” 1-0 (2009-2010 yillar)
“Qo'qon-1912” – “Do'stlik” 4-0 (2007-2008 yillar)
Uchrashuvlar Qo'qon shahridagi “Maishiy” kollejiga qarashli stadionda bo'lib o'tmoqda.

Quyida musobaqaning dastlabki kunidan olingan suratlarni tomosha qiling.


Akramjon Mamadaliev tayyorladi.
Suratlar muallifi Komiljon Xamidov.



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика