So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Qo'qonda faxriylar o'rtasida musobaqa bo'lib o'tmoqda Yangiliklar

Qo'qonda faxriylar o'rtasida musobaqa bo'lib o'tmoqda

Teglar :  FaxriylarQo'qon
Qo'qon shahrida O'zbekiston futbol assocaciyasining “Faxriylar kubogi” musobaqasi bo'lib o'tmoqda.

Vodiy jamoalari o'rtasidagi mintaqaviy bosqichda, Farg'ona, Andijon hamda Qo'qon shaharlarining faxriy futbolchilardan iborat jamoalari ishtirok etishyapti.

Kecha musobaqaning dastlabki o'yini bo'lib o'tdi. Maydonga Farg'ona hamda Andijon jamoalari chiqib kelishdi. Uchrashuvda o'z tarkibiga yaqin o'tmishdagi “Neftchi” yulduzlarini jamlagan Farg'onaliklar 5-1 hisobida g'alabaga erishdilar. Farg'onaliklar safida barcha gollarni Anvar Berdiev kiritgan bo'lsa, Andijonliklarning yagona javob golini Raximjon Qodirov kiritdi.

Bundan bir necha daqiqalar oldin Qo'qondagi “Markaziy” stadionida yana bir o'yin bo'lib o'tdi. O'ziga xos viloyat “derbi”sida , Qo'qon hamda Farg'ona jamoalari o'zaro bahslashdilar. Farg'onaliklar tarkibida Anvar Berdiev, SHerzod Raimjonov, Bahrom Haydarov, Kamol Jo'nashev kabi barcha futbol muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan futbolchilar maydonga tushishdi. Qo'qonliklar tarkibida Mamur Mansurov, Said SHokirov, Farxod Musajonov, Sodir Eliboev, Akmal Ortiqov, Avaz Jo'raboev kabi Qo'qon futbolining yorqin namoyondalari maydonda harakat qilishdi. SHiddatli kurashlarga boy tarzda o'tgan o'yinda 0-0 hisobidagi durang natija qayd etildi.

Ertaga musobaqadagi navbatdagi o'yin Qo'qon hamda andijonlik faxriy futbolchilar o'rtasida bo'lib o'tadi.




Akramjon Mamadaliev

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика