So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  6 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Qo'qonda bugun anshlag ko'ramizmi? Yangiliklar

Qo'qonda bugun anshlag ko'ramizmi?

Bugun oliy liganing 16-tur o'yinlari bo'lib o'tadi. Yana bir necha soatlardan so'ng vodiy derbisi start oladi.
Unda "Neftchi" - "Navbahor" qarama-qarshiligiga guvoh bo'lamiz. Avval xabar berganimizdek, mazkur uchrashuv Farg'onada emas balki Qo'qondagi "Markaziy" stadionda kechadi. Bo'lajak bahsga keng jamoatchilik tomonidan qiziqish yuqori. Ushbu jamoalar o'rtasidagi har bir to'qnashuv ularning turnir jadvalida nechanchi o'rinni egallab turishidan qatiy nazar, doimo keskin kurashlar ostida o'tib kelgan.

Turnir taqvimiga ko'ra bugun mezbonlik qiladigan "Neftchi" o'tgan turda safarda "Paxtakor"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Farg'onaliklarning bugungi raqibi "Navbahor" esa o'z maydonida "Buxoro"ni qabul qilib, yirik 4:1 hisobida zafar quchgan. SHu bois Ashurmatov jamoasining ruhiy tayyorgarligi yuqori.

Bugun har ikkala jamoada ham bittadan yo'qotish bor. Mezbonlardan Dilyorbek Irmatov va "Navbahor" himoyachisi Alisher Samatov diskvalifikaciya tufayli bugungi o'yinni o'tkazib yuboradi.  

Soat 17:15da start oladigan bahsga Farg'onadan tashqari namanganliklarning ham tashrif buyurishi kutilmoqda. Hozir soat 15:20. Stadionga muxlislarning tashrifi boshlanib ketdi. Vodiy derbisida anshlag ko'rsak ajab emas.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика