So’nggi yangiliklar

10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  0 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  4 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  9 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0

Qo'qon shahrida yangi sport majmuasi barpo etildi Yangiliklar

Qo'qon shahrida yangi sport majmuasi barpo etildi

Teglar :  Qo'qonFutzal
Mamlakatimizda sportga bo'lgan yuksak etibor ko'plab yurtdoshlarimiz ruhlantirmoqda.

Bugungi kunda Respublikamizning qaysi go'shasiga bormang, bir-biridan chiroyli bo'lgan sport majmualarini ko'rib havasingiz keladi.

O'zbek futbolining vatani bo'lmish – Qo'qon shahrida qad rostlagan yana bir sport majmuasi fikrimizga isbot bo'la oladi. Qo'qonlik tadbirkor SHavkat SHaripov o'z mablag'lari evaziga 1,5 gektar maydoniga ega bo'lgan  “Ahmadxon” sport majmuasini qurib bitkazdi. Ushbu majmua jahon standartlariga to'liq javob beradigan barcha qo'layliklarga ega ekanligini aytish o'rinli. Bu erda echinish-kiyinish, yuvinish, dam olish xonalari mavjud. Ushbu majmua Qo'qon shahri Furqat ko'chasi Yoshlar bog'i hududida joylashgan bo'lib, bu erda bir vaqtning o'zida 100 dan ortiq sportchilar shug'ullanish imkoniyatiga ega. Yuqori malakaga ega bo'lgan murabbiylar 30 turdan ziyod sport turlari bo'yicha mashg'ulotlar olib borishadi.


Ushbu majmua O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 27 yilligi uchun o'ziga xos sovg'a desak, mubolag'a bo'lmaydi.

— Yurtimizda sportga bo'lgan mana shunday etiborni ko'rgan har qanday odam ilhomlanib ketishi aniq, deydi tadbirkor SHakvat SHaripov. – Bularning barchasi hukumatimiz va shaxsan Prezidentimizning tadbirkorlarga ko'rasatayotgan yuksak etibor va g'amxo'rliklarning mevasi deyish mumkin. Maqsadim O'zbekiston sportning rivojlanishi uchun o'zimning hissamni qo'shish. Umid qilamanki, majmuamizda shug'ullayotgan sportchilardan kelajakda jahon va Olimpiada chempionlari etishib chiqadi.

Yana shuni qo'shimcha qilish kerakki, majmuada 20 kishiga mo'ljallangan mehmonxona va ovqatlanish uchun ham sharoitlar yaratilgan.

Abror DEHQONOV

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика