Qo'qon futbol bayramini qabul qilishga tayyor
15 iyu 2019 15:23
Yangiliklar


Qo'qon futbol bayramini qabul qilishga tayyor
Superliganing 11-turi doirasidagi "Qo'qon-1912" - "Dinamo" uchrashuvini qabul qilish uchun Qo'qondagi "Markaziy" stadion shay holatga keltirilgan.
Qo’qon-1912 |
Superliga. 11-tur 15/06/2019, 18:00 2
:
2
Tugadi
|
Dinamo Bobur Qosimov - 21', Jasur Azimov - 23', Jasur Azimov - 28', Mirkomil Loqayev - 46' |
Mazkur stadionda yangi chim yotqizilishi munosabati bilan "Qo'qon-1912" jamoasi chempionat startidagi o'yinlarni asosan mehmonda va Farg'ona shahridagi "Istiqlol" stadionida o'tkazib kelgandi.
Nihoyat jamoaning Qo'qondagi "Markaziy" o'yingohiga yotqizilgan yangi chim tayyor holatga keltirildi va bugun "Qo'qon-1912" joriy mavsumdagi o'z uyidagi ilk bahsni mazkur stadionda o'tkazadi.
Ayni paytda "Qo'qon-1912" - "Dinamo" o'rtasidagi bahsni yoritish maqsadida Qo'qonda bo'lib turgan fotomuxbirimiz Jahongir Fayzullaev tomonidan olingan suratlarni etiboringizga havola etamiz.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar