"Qo'qon-1912"ning ikki nafar legioneri uyiga jo'nab ketdi
02 iyu 2015 23:17
Yangiliklar


"Qo'qon-1912"ning ikki nafar legioneri uyiga jo'nab ketdi
Yil boshida qo'qonliklar safiga kelib qo'shilgan rossyailik futbolchilar bugun Toshkent-Sochi havo yo'llari orqali Rossiya davlatiga yo'l oladi.
Bu haqda "Qo'qon-1912" matbuot xizmati tvitterdagi rasmiy sahifasi orqali xabar berdi.
Himoyachi Igor Golban bilan hujumkor futbolchi Vladimir Argun ortga qaytib kelish sharti bilan uyiga jo'nab ketdi.
25 yoshli Igor Golban kecha "Bunyodkor"ga qarshi kechgan bahsda chempionatdagi to'rtinchi sariq kartochkasini oldi va 5 iyul kuni "Paxtakor" bilan o'yinni diskvalifikaciya tufayli o'tkazib yuborishga majbur edi. Aytish kerakki, ularning klub bilan tuzgan amalda shartnomasi majvud.

Fikrlar