So’nggi yangiliklar

15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  1 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  3 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  8 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  2 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  8 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  6

Akramov "Qo'qon-1912"ni tark etdi Yangiliklar

Akramov "Qo'qon-1912"ni tark etdi

Yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko'rayotgan “Qo'qon-1912” futbol klubi tarkibida o'zgarishlar davom etmoqda.

Kuni kecha jamoa o'zining sodiq futbolchilaridan biri  Bahodir Akramov bilan xayrlashdi.

Mahoratli yarim himoyachining jamoadan ketishiga “Qo'qon-1912” bosh murabbiyi No'mon Hasanov quyidagicha izoh berdi.

- Bahodir Akramov – biz uni Borya deb chaqiramiz. Bahodir yaxshi inson, jamoamizning yoqimtoy futbolchilaridan biri. Kam gapiradigan, o'yin paytida yoshlarga dalda beradigan, Qo'qon futboli uchun jonini beradigan futbolchi. Haqiqiy Qo'qon farzandi. Aytgan ko'rsatmalarimni so'zsiz bajaradigan futbolchi. Qo'qonlik muxlislar va jamoamiz azolari bu futbolchini hali ko'p sog'inamiz. Uning raqibdan to'pni olib qo'yishlari, uzoq masofadan yo'llaydigan aniq va kuchli zarbalari, to'xtagan o'yinni tezda boshlab yuborish kabi xislatlarini unutib bo'lmaydi.  Stadiondagi muxlislarning “Boryani qo'y” deb hayqirishlari...

Menga hozir juda qiyin bunday futbolchilar bilan xayrlashish.  CHunki bizning jamoada futbolchining nafaqat mahorati, balki insoniylik xislatlarini birinchi o'ringa qo'yamiz. Bu futbol shunaqa ekan. Vaqt o'tgan sari ancha ko'p futbolchilar bilan xayrlashishga to'g'ri keldi. Bahodir meni ukamdek, farzandimdek bo'lib qolgan. Ochig'i ko'zimga yosh keldi.... Bahodir senga omad tilayman ! “Qo'qon-1912”  jamoasining va mening eshiklarim sen uchun doim ochiq – deydi No'mon Hasanov.

“Qo'qon-1912”  futbol klubi rahbariyati , murabbiylar shtabi hamda ko'p sonli muxlislarimiz nomidan Bahodir Akramovga jamoamiz uchun qilgan xizmatlariga kattadan – katta minnatdorchilik bildiramiz. Akramovning kelgusi faoliyatida omad yor bo'lishini tilab qolamiz.


Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика