So’nggi yangiliklar

16:02"Манчестер Юнайтед" "Милан" юлдузи учун катта сумма тайёрлади  0 15:35"Насаф" кучсизланди, "Навбаҳор" эса – "яширин фаворит". Суперлигадаги қишки трансферлар ойнаси якунлари (1-қисм)  3 15:10Ўртоқлик ўйини. “Арал” ва “Металлург” ўртасидаги баҳсда 6 та гол урилди  0 14:44"Лос-Анжелес Гэлакси" Филиппе Коутиньо билан шартнома имзоламоқчи  2 14:05"Арсенал" Леау билан музокара ўтказди, "Милан" футболчини 75-80 млн еврога сотишга тайёр  2 13:29"Андижон"нинг таништирув маросимидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  17 12:55"Манчестер Юнайтед" ёзда "Челси"дан Николас Жексонни сотиб олиши мумкин  5 12:22Каземиро Месси жамоасига ўтиши мумкин  2 11:52"Реал" Шлоттербекка қизиқмоқда  1 11:25"Челси" амалдаги "Олтин тўп" соҳибини ўз сафига қўшиб олмоқчи  5 11:02Андижон футболи халқаро майдонга чиқмоқда: "Бешиктош" билан стратегик ҳамкорлик йўлга қўйилмоқда  6 10:32"Барселона" ва "Манчестер Сити" германиялик ҳимоячи учун курашмоқда  1 10:05Трансфермаркт. ОКМК Аҳмадалиевни "Бунёдкор"дан қанчага сотиб олгани маълум  5 09:39ФИФА Африка жамоасига Россия билан ўйнашни тақиқлади  12 09:12"Барселона" 16 ёшли инглиз ҳужумчисининг трансферни келишиб олди  0

"Qo'qon-1912"ga yangi rahbar tayinlandi Yangiliklar

"Qo'qon-1912"ga yangi rahbar tayinlandi

Qo'qonliklar klubida yig'ilish bo'lib o'tdi.


Unda Qo'qon shahar xokimi Marufjon Azamovich Usmonov ishtirok etdi. Yig'ilishda shahar xokimi so'z olib shunday dedi:

"Qo'qon-1912" jamoasi vatanimizning eng tarixiy jamoasi ekanligi unutmasligimiz lozim. Qo'qonda odamlar futbolni yaxshi ko'rishadi. Jamoaning natijalari odamlarimizning kayfiyatiga o'z tasirini o'tkazadi. SHuning uchun hurmatli murabbiy va futbolchilarimiz o'tgan mavsumdagi natijani esdan chiqarib yangi mavsumga ko'tarinki ruhda tayyorgarlik ko'rish lozim. Biz bu borada bosh murabbiy Davron Fayzievga ishonamiz. Eng avvalo, mag'lubiyatlardan ruhan sinmasdan yana qadni baland ko'tarib oldinga qarab, yangi maqsadalar sari intilmoq lozim. Jamoaga yangi homiylar biriktirilish masalasi yaqin kunlarda hal bo'ladi. Biz sizlarga qo'limizdan kelgan barcha yordamni ko'rsatishga tayyormiz. Ishonamanki, Davron Fayziev boshchiligida jamoamiz Superligaga shu yilning o'zidaq qaytadi. Bu yo'lda sizlarga kuch-quvvat, shijoat va sog'liq tilayman".



Yig'ilishda tashkiliy masala ham ko'rib chiqildi.  SHu kunga qadar jamoa marketing va matbuot xizmati rahbari, marketing bo'yicha direktor lavozimlarida faoliyat olib borgan Akramjon Mamadaliev "Qo'qon-1912" jamoasining vice-prezidenti etib tayinlandi.  



Jamoaning yangi rahbari shahar xokimiga bildirilgan ishonch uchun katta minnatdorchilik bildirib, bu ishonchni oqlash uchun tinimsiz mehnat qilishga tayyor ekanligini malum qildi hamda jamoa azolari bir oila bo'lib birlashgan holda oldinga qo'yilgan maqsad sari olg'a intilishlarini takidlab o'tdi.  Yig'ilishda jamoa bosh murabbiyi Davron Fayiev ham so'z oldi. Bosh murabbiy shahar xokimiga tashrif uchun rahmat aytib, qilingan etibordan xursandligini bildirdi hamda mana shunday uchrashuvlar tez-tez bo'lib turishi jamoa azolarining kayfiyatini ko'tarishini takidlab o'tdi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика