“Qo'qon-1912”da futbol qoidalari bo'yicha seminar bo'lib o'tdi
05 fev 2019 17:14
Yangiliklar


“Qo'qon-1912”da futbol qoidalari bo'yicha seminar bo'lib o'tdi
Yangi mavsumga Farg'ona shahrida tayyorgarlik ko'rayotgan “Qo'qon-1912” futbolchilari uchun, futbol qoidalaridagi o'zgarishlarga bag'ishlangan seminar o'tkazildi.
Seminarni O'zbekiston futbol assosaciyasi, hakamlar departamentining etakchi mutaxassisi Vladislav Ceytlin o'tkazdi.
Seminar davomida futbolchilar FIFA tomonidan futbol qoidalariga kiritilgan o'zgarishlar borasida malumotga ega bo'ldilar.
Qo'qonliklar matbuot xizmati tomonidan malumot berilishicha, Ceytlin futbolchilarga futbolda uchrab turadigan bahsli holatlar aks etgan videolavhalar namoyish qilib bunday vaziyatlarda qanday harakat qilish lozimligini tushuntirib o'tdi. O'z navbatida futbolchilar ham o'zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan javoblar olishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar