So’nggi yangiliklar

13:05"Бавария" "Арсенал" аъзосини Санега ўринбосар сифатида кўрмоқда  0 12:37МЮ ва "Астон Вилла" "Челси" футболчисига даъвогар. Лондонликлар мўмайгина пул ишлаб олмоқчи  2 12:09Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор  0 11:41"Динамо" Беларусга йўл олди  3 11:20"Бунёдкор" Иномов ортга қайтганини эълон қилди  0 10:55“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди  4 10:28Сенсация қайд этган Энцо Мареска финалдан сўнг нималар деди?  21 09:55Расман. Бразилия терма жамоаси аъзоси Россия клубига ўтди  0 09:20Энрике мағлубият ҳақида фикр билдирди  32 08:41Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг икки нафар футболчиси “Нефтчи“ билан шартнома тузди  5 08:07Клублар ўртасидаги ЖЧнинг энг яхши футболчиси аниқланди  21 07:35“Андижон“ легионер дарвозабон билан шартнома тузди  8 07:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" - ПСЖ 3:0  9 02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  171 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  2

"Qo'qon-1912": Yoshlarimiz mavsumni g'alaba bilan boshlashdi Yangiliklar

"Qo'qon-1912": Yoshlarimiz mavsumni g'alaba bilan boshlashdi

Teglar :  Qo'qon-1912Nasaf
Yoshlar ligasining 1-turida "Qo'qon-1912" "Nasaf" bilan kuch sinashdi.

O'yin vakillarimiz uchun omadli boshlandi. Uchrashuvdagi birinchi hujumni Muhammadanas Hasanov gol bilan yakunladi. 10-daqiqada SHarof Muhiddinov o'ziga yaratilgan imkoniyatdan unumli foydalanib hisobni tenglashtirdi. 21-daqiqada Muzaffar Abdullaev jamoamizni muqarrar goldan saqlab qoldi.

25-daqiqada  Dilshod Baratov ajoyib zarbasi bilan jamoamizni oldinga olib chiqdi. 29-daqiqada Bobur Abduxoliqov darvozabonimiz bilan birga-birga vaziyatga chiqib borishi mumkin edi. Ammo unga biroz tezlik etishmadi. Muzaffar Abdullaev o'z vaqtida yugurib chiqib xavfni bartaraf etdi. Birinchi bo'lim yakunlanishi arafasida Baratovning boshi bilan bergan zarbasini mehmonlar posboni arang qaytarib qoldi.

Ikkinchi bo'limni vakillarimiz shiddatli hujumlar bilan boshlashdi. 53-daqiqada Abror Rahmonovning zarbasi xavfli ko'rinish oldi. 54-daqiqa Doston Meliqo'ziev darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgandi Uning zarbasi yo'liga mezbonlar posboni to'g'anoq bo'ldi. 63-daqiqada Andrey Sidorovning jarima maydonchasi ichida turib bergan zarbasini “Nasaf” darvozaboni qaytarib qoldi. 68-daqiqada Sobir Hamidov o'yindan tashqari holatda qolganiga qaramay, raqib darvozasini ishg'ol etdi. Bosh hakam golni inobatga olmadi.

Qolgan daqiqalarda vakillarimizda bir qator vaziyatlar yuzaga keldi. Ammo futbolchilarimiz ushbu imkoniyatlardan unumli foydalana olishmadi. SHu tariqa o'rinbosarlarimiz mavsumni g'alaba bilan boshlashdi.

 

YOSHLAR LIGASI
1-tur
“Qo'qon-1912” (Qo'qon) – “Nasaf” (Qarshi) – 2:1 (2:1)
Hakamlar:
A. Ergashev, R. Kopazde, SH. Azamov, Q. Sobirov.

Nazoratchi: Alisher Abdullaev.

Gollar: Muhammadanas Hasanov -1, Dilshod Baratov -25. – SHarof Muhiddinov-10.

“Qo'qon-1912”: 21. Muzaffar Abdullaev, 4. Doniyor To'lashev, 10. Abror Rahmonov (11. Abduqahhor O'ktamov-83), 15. Maruf Zokirjonov, 18. Dilshod Baratov (8. Ibrohim Muxtorov-71), 19. Doston Meliqo'ziev (17. Andrey Sidorov-55),  22. Muhammadanas Hasanov (, 26. Ramzbek Isaqov-90), 23. Ismoil Oxunjonov, 24. Ibrohim Rahimov (70.  Sobir Hamidov-59), 28. Avaz Mamatxo'jaev, 29. Iqbol Malikjonov.
Zaxira: 30. Islom Abdullaev, 7. Ibrohim Usmonov.

“Nasaf”: “Nasaf”: 44. Muzaffar SHaripov, 4. Akmaljon Olimov (38. Xudoyorxon Sagdullaev-68), 7. Sirojiddin Qo'ziev, 10. Islom Rashidxonov, 14. SHarof Muhiddinov (9. Alfayzi Nematov-77), 16. Bobur Abduxoliqov, 19. Saydullo Rahmatov (34. SHerzod Nasrullaev-82), 27. Dilshod Saitov (33. Muhriddin Zoirov-88) 28. Sardor Sadullaev, 29. Akmal Mozgovoy, 42. Jasur Jumaev.
Zaxira: 30. Azizxon Isaqov, 22. Javohir SHokirov, 32. Navro'zxon Saidov.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика