So’nggi yangiliklar

21:08Лукас Пакета бўйича якуний қарор чиқарилди  1 20:51"Арсенал"нинг икки футболчиси жароҳат олди  0 20:44Расмус Хойлунд: "Юнайтед"да қолишни истайман"  1 20:16"Локомотив"га 6 футболчи келди, 5 футболчи кетди  1 19:502024 йил ёзининг энг қиммат ТОП-10 трансфери. Мавсум улар учун қандай ўтди?   0 19:22"Тоттенхэм" "Арсенал"ни майдон марказидан урилган гол эвазига ютди  0 18:59"Барселона" "Сеул"ни "хоккейча" ҳисобда мағлуб этди  17 18:42А Сериянинг икки гранди "Арсенал" аъзоси учун курашга қўшилди  0 18:14Марлен Чобанов легионерга айланди  0 17:55​"Андижон" легионер ҳимоячиси билан хайрлашди  5 17:32Исак "Реал Сосьедад" базасида шуғулланмоқда  3 17:04Аббос Файзуллаев: "ЦСКА туфайли Ўзбекистон термасида ўз ўрнимга эга бўлдим. Энди "Истанбул Башакшеҳир"га чемпионатда олдинга қадам ташлашида ёрдам бермоқчиман"  6 16:37ЦСКА ҳимоячиси: "Аббосга келажакда ўзи хоҳлаган лигада ўйнашини тилайман"  4 16:09Доннарумма АПЛ топ-клублари билан музокаралар олиб бормаяпти  2 15:41Нойер Тер Штеген билан боғлиқ вазият туфайли Германия терма жамоасига қайтишга тайёр  4

“Qo'qon-1912”: yangi o'yinchilar tanishtirildi (foto) Yangiliklar

“Qo'qon-1912”: yangi o'yinchilar tanishtirildi (foto)

Bugun “Qo'qon-1912” jamoasi safiga ikkinchi davra arafasida kelib qo'shilgan yangi futbolchilarni keng ommaga tanishtirish marosimi bo'lib o'tdi.

Qo'qondagi “Markaziy” o'yingohida bo'lib o'tgan tadbirda “Qo'qon spirt” AJ boshqaruv Kengashi  raisi vazifasini bajaruvchisi I. Abdullaev , “Qo'qon-1912” klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar va bir qator muxlislar ishtrok etishdi.

Marosimni odatdagidek, “Qo'qon-1912” futbol klubi vice-prezidenti, bosh direktori Baxtiyorjon Tolipov ochdi.

– Bu yilgi mavsum jamoamiz uchun juma muvaffaqiyatli o'tmoqda, -deb so'z boshladi klub rahbari. – Birinchi davrani alo darajada o'tkazdik. SHuning uchun ikkinchi davra arafasida tarkibga ikki nafar futbolchi jalb etdik, xolos. Klubimizdan 4 nafar futbolchi ketgan bo'lsa, 2 nafar yangi o'yinchini oldik.

Jamoamizning  oldidagi maqsadi  Osiyo chempionlar ligasiga yo'llanma olish.  O'ylaymanki, mavsum so'nggida o'z oldimizga qo'ygan vazifalarni bajara olamiz. Bunda albatta siz muxlislarning ko'magi ham kerak bo'ladi. “Qo'qon-1912”ning fidoiy muxlislari bisyor ekanligini bilaman. Sizlar jamoamizni yaxshi yomon kunlarida qo'llab-quvvatlab keldingizlar. Buning uchun barchangizga jamoamiz nomidan minnatdorchilik izhor etaman.  Bugun ikkinchi davra arafasida o'z safimizga qo'shib olgan yangi futbolchilarni keng ommaga tanishtiramiz.

SHundan keyin mavsumning ikkinchi qismida jamoamiz sharafini himoya qiladigan yangi o'yinchilarga ikkinchi davrada qaysi raqamlardagi futbol liboslarida o'ynashlarini ommaga taqdim etildi. Unga ko'ra,  Quvondiq Ro'ziev 70, Doniyor Hasanov 14-raqamlarda maydonga tushishlari oydinlashdi.

Tadbirda shuningdek, jamoamiz bosh murabbiyi No'mon Hasanov ham so'zga chiqib, qo'qonlik futbol muxlislariga qo'llab-quvvatlab turishgani uchun minnatdorchilik bildirdi va bundan keyin ularning daldalari har qachongidan ham muhim ekanligini takidladi.

Tanishtiruv marosimida jamoamizning farxiy  muxlisi, 86 yoshli Mo'ydin Yo'ldoshev futbolchilarimizga ikkinchi davrada omad tilab  “Qo'qon-1912”  o'yinchilariga atalgan sherini o'qib berdi.

SHuningdek, jamoamizning yana bir ashaddiy ishqibozi SHerxon  Qosimov ham so'zga chiqib,futbolchilarimizga 1-davrada ko'rsatgan o'yinlari uchun muxlislar nomidan minnatdorchilik bildirdilar va  ishqibozlarimizga  ikkinchi davrada ham futbolchilarimizni xuddi birinchi davradagi kabi qo'llab-quvvatlab  turish kerakligini takidlashdi. 

Marosim ko'tarinki ruhda o'z yakuniga etdi. Tadbir so'nggida ishqibozlar jamoamizning ertaga bo'ladigan “Nasaf” jamoasiga qarshi o'yindan oldingi mashg'ulotlarini tomosha qilishdi.

"Qo'qon-1912" matbuot xizmati.







Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика