So’nggi yangiliklar

03:00ЕЧЛ. "Брюгге", "Бавария" ва "Бенфика" кейинги босқичга йўл олди. "Аталанта", "Селтик" ва "Монако" эса мусобақани тарк этди  35 00:41ЕЧЛ. "Фейеноорд" Италияда дуранг ўйнаб кейинги босқичга йўл олди, "Милан" мусобақани тарк этди  45 00:17"Борнмут" устози "Реал"га йўл олиши мумкин?!  5 23:38"Манчестер Сити" Мадридга 22 футболчи билан йўл олди, улар орасида Ҳусанов ҳам бор  30 23:09Расман: "Пахтакор"нинг Элит ОЧЛ 1/8 финалидаги рақиби — "Ал Ҳилол"  36 22:57Ўртоқлик ўйини. ОКМК бугунги иккинчи ўйинида Қозоғистон жамоаси билан дуранг ўйнади  4 22:27Фирмино АПЛга қайтиши мумкин  3 21:20"Динамо"ни тарк этган Абубакр Мўйдинов фаолиятини Европа клубида давом эттиради  6 21:03Вальверде "Ман Сити" билан ўйин ҳақида: "Реал" ушбу кечани мухлислар учун унитилмас қилишга ҳаракат қилади"  17 20:37Назорат ўйини. "Бухоро" Грузия жамоаси билан дуранг ўйнади  7 20:19"Арсенал" ва "Челси" Бундеслигадаги футболчига қизиқиб қолган  2 19:50"Барселона" Левандовскига 2027 йилга қадар мўлжалланган шартнома таклиф қилишни режалаштирмоқда  11 19:24Ўртоқлик ўйини. ОКМК Украина жамоасидан минимал ҳисобда устун келди  2 18:58"Атлетико" етакчиси жароҳат туфайли бир ярим ойни ўтказиб юборади  9 18:35Слот: "Умид қиламанки, Рэшфорд "Астон Вилла"да ўзини кўрсатади"  23

"Qo'qon-1912" yangi futbolchilarni tanishtirdi yoxud har bir futbolchiga "Lasetti" vada qilindi Yangiliklar

"Qo'qon-1912" yangi futbolchilarni tanishtirdi yoxud har bir futbolchiga "Lasetti" vada qilindi

“Qo'qon-1912” futbol klubi bugun “Markaziy” o'yingohida yangi futbolchilarni tanishtirish marosimini o'tkazdi. Tanishtiruv marosimi haqiqiy bayramga aylandi.

Tadbirda jamoa rahbarlari, futbolchilar, murabbiylar, fan-klub azolari, muxlislar bilan bir qatorda, Farg'ona futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Nosirbek Otaqo'ziev, Farg'ona viloyati hokimining turizm va sport masalalari bo'yicha maslahatchisi Xurshid Ahmedovlar ham qatnashdi.



“Qo'qon-1912” jamoasining futbolchilari va jamoa rahbariyati muxlislaring olqishlari hamda jamoa gimni sadolari ostida stadionga chiqib kelishdi.



Uchrashuvni “Qo'qon-1912” futbol klubi matbuot kotibi Akramjon Mamadaliev ochiq deb elon qildi. Dastlabki so'z jamoa prezidenti Baxtiyorjon Tolipovga berildi.

Klubimiz prezidenti dastlab bugungi bayram munosabati bilan barcha xotin-qizlarni tabrikladi. Xususan, jamoamizning ashaddiy muxlisasi Bibixon klubimiz nomidan qutlovlarni qabul qilib oldi.

- “Assalomu alaykum aziz futbol muxlislari! Mana ko'z ochib yumguncha yana futbol bahori yurtimizga tashrif buyurdi. Yana siz va biz sog'ingan futbol uchrashuvlaridan bahra olishni , sevimli “Qo'qon-1912” jamoamizning chiroyli o'yinlari hamda g'alabali onlarini birgalikda nishonlaydigan fursatlar etib keldi.

O'tgan 2020-yil jamoamiz uchun omadli keldi deb ayta olamiz. Biz jamoamizga murabbiy tanlashda xato qilmagan ekanmiz. Qo'qon farzandi bo'lgan Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi murabbiylar shtabi o'tgan mavsumda jamoani bir maqsad yo'lida birlashtira oldi. Futbolchilarimiz o'zlarining mazmunli o'yinlari hamda ajoyib natijalari bilan siz aziz muxlislarni va bizni ham xursand qila olishdi. Butun dunyoga rahna solgan pandemiya davrida futbolchilarimiz o'zlarining o'yinlari bilan halqimizni ko'nglini biroz bo'lsada ko'tara olishdi deb ayta olaman.



“Qo'qon-1912” jamoasi o'tgan mavsumdagi superliga o'yinlarida 13 g'alaba, 3 durang va 10 ta mag'lubiyat qayd etishdi. Yakunda 42 ochko jamg'arib turnir jadvalini 5-o'rinda yakunladik. Bu natija bilan jamoamiz o'z tarixida qo'lga kiritilgan eng yaxshi natijani takrorlay oldi. Bundan oldin Qo'qon jamoasi 1994 yildagi O'zbekiston oliy ligasida 5-o'rinni qo'lga kiritgan edi. O'sha tarixiy jamoada o'ynagan Zohid Nurmatov hamda Muhiddin Abduvalievlar bugun jamoamiz murabbiylar shtabida faoliyat olib borishmoqda. Jamoamiz sardori Murodjon Xolmuhammedov superliga o'yinlarida raqiblar darvozasiga 12ta gol kiritib , to'purarlar poygasida 3-o'rinni qo'lga kiritdi. Albatta bu ko'rsatilgan natijalarda siz aziz muxlislarning ham juda katta hissalaring bor. SHu fursatdan foydalanib o'tgan mavsumdagi qiyin sharoitda jamoamizni qo'llab-quvvatlab turganlaring uchun sizlarga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildirmoqchiman.

O'tgan mavsum tarixga aylandi. Oldinda bizni yangi mavsum kutib turibdi. Jamoamiz o'tgan yildagi o'yinlari bilan “planka”ni bir necha barobar ko'tarib qo'yishdi. Endi muxlislarimiz bizdan bundanda yaxshiroq natija talab qilishlari aniq. Mana shu yo'lda murabbiylarimiz shtabi aniq reja asosida ish boshlashgan. Yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonlari 5 bosqichdan iborat bo'ldi. Bu yig'inlar davomida bir nechta o'rtoqlik o'yinlari o'tkazildi. Bir narsani xursandchilik bilan ayta olaman, jamoamiz garchi rasmiy o'yinlar o'tkazmagan bo'lsada 2021 yilda xali mag'lubiyatga uchramadi.

O'tgan mavsumda yigitlarimiz ko'rsatgan shiddatli va mazmunli o'yinlar natijasida futbolchilarimizga yurtimizning taniqli jamoalaridan aniq va moddiy jihatdan ancha yaxshi bo'lgan takliflar kelib tushdi. SHunday bo'lsada jamoamizning etakchi futbolchilari jamoaga sodiqliklarini namoyish qilib safimizni tark etishmagani tahsinga sazovordir. Buning uchun futbolchilarimizga o'zim nomimdan va siz aziz muxlislar nomidan minnatdorligimini izhor qilaman. Etakchi futbolchilarimiz jamoamiz safida qolishgan bo'lsada tarkibimizda bazi o'zgarishlar bo'ldi.

Jamoamizni quyidagi futbolchilar tark etishdi: Muzaffar Muzaffarov, Filip Raevac, Botirali Ergashev, Bek Abdullaev, Quvondiq Ro'ziev, Sobit Sindarov. Jasur Yoqubov hamda Islom Abdullaevlar “Surxon” va “Turon” jamoalariga ijaraga berildi.



Bu futbolchilarning o'rnilarini Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi murabbiylarimiz munosib futbolchilarni jamoaga taklif qilishdi. Jamoamizga yangi qo'shilgan futbolchilar o'rtoqlik o'yinlarida o'zlarini har tomonlama jamoaga foydalari tegishni isbotlay olishdi.

Kelayotgan mavsumda “Qo'qon-1912” jamoasi o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadi. Futbolchilarimiz o'tgan mavsumdagi o'yinlari bilan bemalol sovrinli o'rinlar uchun kurasha olishimizni isbotlay olishdi. Biz bu yil o'z oldimizga o'tgan mavsumdagi natijadan ko'ra yuqoriroq bo'lgan o'rinni qo'lga kiritishni maqsad qilib qo'yganmiz. Xudo xoxlasa bu yil “Qo'qon-1912” jamoasi medallar uchun kurashadi. Bu yo'lda albatta siz muxlislarning ham yordamingiz zarur bo'ladi. Sizlardan har o'yinda futbolchilarimizni astoydil qo'llab-quvvatlab turishingizni iltimos qilaman. Sizlarning olqishlab turishingiz futbolchilarimizga qo'shimcha kuch va g'ayrat bag'ishlaydi. Biz sizlar bilan bir maqsad yo'lida birlashsak, albatta ko'zlangan natijani qo'lga kiritamiz deb o'ylayman”- dedi klub prezidenti.



SHundan keyin jamoamiz safiga kelib qo'shilgan yangi futbolchilarnikeng ommaga rasman tanishtirildi va ularga tantanali tarzda ismlari tushirilgan futbolkalar topshirildi.

Tadbirda shuningdek, Farg'ona futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Nosirbek Otaqo'ziev, Farg'ona viloyati hokimining turizm va sport masalalari bo'yicha maslahatchisi Xurshid Ahmedov, jamoamiz azolari Murod Xolmuhammedov, Slavko Lukich, Asadbek Sobirjonov, faxriy jurnalist Mo'ydinjon Yo'ldoshevlar so'zga chiqishdi.



Jamoa safiga yangi qo'shilgan futbolchilar muxlislarga to'p bilan master-klass namoyish qilib berishdi. Futbolchilar foydalangan to'plarni muxlislar o'tirgan sektorlarga tepib, muxlislaruchun o'ziga xos sovg'alarni taqdim qilishdi.

O'tkazilgan tadbirda muxlislarga ham mikrofon taqdim qilindi. Ular jamoa rahbariyati va futbolchilarga o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

Marosim so'nggida muxlislar o'zlarining suyukli futbolchilari bilan esdalik uchun suratlarga tushishdi.

Marosim so'nggida yoshi ulug' otaxon muxlislar boshlanayotgan mavsum oldidan jamoa azolariga omad tilab duolar qilishdi. 

Bugungi o'tkazilgan marosimda "Qo'qon-1912" jamoasining bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov biroz betobligi sabab ishtirok eta olmadi.  



Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика