Rasmiy xabar: "Qo'qon-1912" to'rt nafar mahalliy va bir legioner bilan xayrlashdi
24 dek 2019 12:10
Yangiliklar


Rasmiy xabar: "Qo'qon-1912" to'rt nafar mahalliy va bir legioner bilan xayrlashdi
"Qo'qon-1912" jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni Qo'qon shahrida olib borayotganidan xabaringiz bor.
"Bugungi kunga kelib jamoa bilan shartnomasi yakuniga etgan bir nechta futbolchilar jamoani tark etishgan. Jamoa quyidagi futbolchilar bilan do'stona xayrlashgan. Bular SHahboz Erkinov, Jasur Hasanov, Timur Hakimov, Temur Usmonov hamda serbiyalik himoyachi Marko Milich.
"Qo'qon-1912" jamoasi rahbariyati yuqorida nomlari keltirilgan futbolchilarga jamoamizdagi faoliyatlari uchun katta minnatdorchilik bildiradi hamda ularning kelgusi faoliyatlarida omad yor bo'lishini tilab qolamiz.
Barchasi uchun rahmat aziz futbolchilar!", - deb yozadi "Qo'qon-1912" matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar