“Qo'qon-1912” tarixiy g'alabaga erishdi
21 avg 2020 23:19
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/588068_original.jpg)
![](/upload/storage/588068_220.jpg)
“Qo'qon-1912” tarixiy g'alabaga erishdi
Coca Cola Superligasiing 11- turida Lokomotiv futbolchilari kutilmaganda Qo'qon-1912” klubiga (1:2) imkoniyatni boy berib qo'yishdi.
Bu jamoalar O'zbekiston chempionatida hozirga qadar 10 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. Besh marta "Lokomotiv" g'alaba qozongan va besh bor durang qayd etilgan. "Qo'qon-1912" o'z tarixida hech qachon bu jamoani mag'lub eta olmagandi. Nihoyat ushbu mavsumda qo'qonliklar bu ishning uddasidan chiqib, “qora anana”ga barham berishdi.
Yana bir fakt ushbu bahsda nominal mezbon “Lokomotiv” hisoblanardi. Ashurmatov jamoasi rasman mehmon jamoa maqomida to'p tepib, ushbu mavsumda ilk bor safar o'yinda ilk ochkolarini qo'lga kiritdi. Bungacha “Qo'qon-1912” 2020 yilgi Superliga bellashuvilarida uchta safar uchrashuvini o'tkazib, barchasida mag'lubiyat alamini tatib ko'rishga majbur bo'lgandi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar