"Qo'qon-1912" safiga serbiyalik ikki futbolchi va bir murabbiy keldi
27 jan 2018 08:46
Yangiliklar
"Qo'qon-1912" safiga serbiyalik ikki futbolchi va bir murabbiy keldi
Kecha jamoa azolari o'zlarining Qo'qondagi qarorgohlarida to'planishdi va Uchko'prikdagi stadionda dastlabki mashg'ulotlarni o'tkazishdi.
Jamoa tarkibiga Serbiya davlatidan ikki nafar futbolchi hamda bir murabbiy qo'shildi. Muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan himoyachi Darko Gojkovich yana jamoamiz yig'inlariga qo'shildi. Yana bir yangi futbolchi esa Serbiya super ligasi vakili «Rad» jamoasidan taklif etildi. Hujumchi Nenad Lukich murabbiylar ko'rigidan o'tadi.
Toshkentning «Paxtakor» jamoasida 2012-2014 yillarda faoliyat olib borgan Drajen Dukich bundan buyog'iga No'mon Hasanovga yordam beradi.
Jamoa bugundan Farg'onaga shahriga ko'chib o'tadi.Ertaga esa Farg'onada boshlanadigan «Hokim kubogi-2018» musobaqasida ishtirokini boshlaydi.



O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar