So’nggi yangiliklar

00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  0 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  1 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  6 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  12 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  7 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  5 18:49Жота иштирокидаги ҳалокатли воқеа гувоҳи баёнот берди  1 18:21Касорлани албатта Ла Лигада кўрамиз. У яна бир мавсум "Овьедо"да қолади  1

"Qo'qon-1912": Qo'ziboevlar xonadonida quvonchli kun Yangiliklar

"Qo'qon-1912": Qo'ziboevlar xonadonida quvonchli kun

Kecha “Qo'qon-1912” jamoasi etakchi o'yinchilaridan biri Nodir Qo'ziboev xonadonida quvonchli kun bo'ldi.

Mahoratli yarim himoyachi yangi hayot sari qadam qo'ydi. Oltiariq tumanidagi “Osiyo” to'yxonasida futbolchining nigoh to'yi o'tkazildi. Ushbu marosimda mamalakatimizning bir qator futbol yulduzlari ham ishtirok etishdi.

Qo'ziboevlar sulolasi

Qo'ziboevlar sulolasi nafaqat viloyatimizda, balki butun Respublikada o'z obrusiga ega desak, mubolag'a bo'lmaydi. Ushbu oila ham sanat ham sportga oshno tutingan. SHerali aka Qo'ziboev sanat sohasida samarali mehnat qilgan bo'lsa, uning o'g'illari SHoirbek, Nodirbek va Kamronbeklar “millonlar o'yini”ga mehr qo'yishgan. To'ng'ich o'g'il SHoirbek bir paytlar “Neftchi” safida to'p surgan. Kenja o'g'il Kamronbek esa “Paxtakor” akademiyasida tahsil oldi. Nodirbek haqida esa quyida batafsilroq to'xtalib o'tamiz.

Mundial ishtirokchisi

“Qo'qon-1912” safida ikki mavsumda beri to'p surib kelayotgan Nodirbek Qo'ziboev mundialda ishtirok etgan jaoamizning yagona vakilidir. 2003 yilgi yoshlar o'rtasida o'tkazilgan Jahon CHempionatida Qo'ziboev vatanimiz sharafini munosib himoya qila olgandi. Bundan 12 yil oldin o'tazilgan ushbu mundialni muxlislarimiz hamon maroq bilan esga olishadi.  Kimsan, Argentina va Ispaniya yoshlariga qarshi maydonga tushib, ularga munosib qarshilik ko'rsatish oson emas. Lekin o'sha mundialda vakillarimiz biz hech kimdan kam emasligimizni isbotlay olishdi.

Yillar o'tib  Nodirbek Qo'ziboev hayotida ko'plab o'zgarishlar ro'y berdi. Mahoratli futbolchi Toshkentning “Paxtakor” jamoasi safida o'ynadi. Bir paytlar Ravshan Haydarov boshqargan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi sardori bo'ldi.

Legioner sifatida Xitoyda faoliyat yuritdi.

Mana, so'nggi ikki yildirki, “Qo'qon-1912” jamoasi sharafini himoya qilmoqda va o'zining jarima zarbalari orqali muxlislar mehrini qozonishga erishdi.

Baxtli onlar

Yuqorida aytib o'tganimizdek, kecha Nodir Qo'ziboev uylandi. Yangi hayot ostonasiga qadam qo'ygan futbolchimizga “Qo'qon-1912” jamoasi rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar, klub va “Markaziy” o'yingoh xodimlar hamda muxlislar nomidan baxt tilaymiz. Nodirbek va Madinaxonlarning hayotlari shirin, turmushlari farovon, mana shunday baxti onlari  bardavom bo'lishini tilab qolamiz!

To'ylar muborak Nodirbek!

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика