"Qo'qon-1912" - "Qizilqum". Murod Xolmuhammedov bugun o'ynamaydi
18 okt 2019 12:15
Yangiliklar


"Qo'qon-1912" - "Qizilqum". Murod Xolmuhammedov bugun o'ynamaydi
Bugun Superliganing 22-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Qizilqum" uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Mazkur bahsda maydon egalari etakchisi va sardori Murod Xolmuhammedov maydonga tusha olmaydi. Sababi u o'tgan turda "Metallurg" bilan o'yinda qizil kartochka olib maydonni tark etgandi.
Malumot uchun, Xolmuhammedov bu mavsum Superligada hozirga qadar 7ta gol urib klub to'purari bo'lib turibdi. Bu jamoalar o'rtasida birinchi davrada Navoiyda o'tgan bahsda yagona golni aynan Murod Xolmuhammedov jarima to'pidan urgan edi.
"Qo'qon-1912" - "Qizilqum" uchrashuvi soat 15:15da Qo'qondagi "Markaziy" stadionida boshlanadi.
Qo’qon-1912 Hamidullo Abduhamidov - 29' |
Superliga. 22-tur 18/10/2019, 15:15 2
:
1
Tugadi
|
Qizilqum Salim Mustafoyev - 45', Stiven Lustica - 68' |
45'
90'
O’xshash yangiliklar

Fikrlar