"Qo'qon-1912" o'z qarorgohida shug'ullanmoqda
28 jan 2014 09:20
Yangiliklar

"Qo'qon-1912" o'z qarorgohida shug'ullanmoqda
Qo'qonliklarning Toshkentdagi yig'ini poyoniga etgan. Jamoa endi o'z qarorgohida shug'ullanmoqda.
Mashg'ulotlar shahardagi akademik liceyning suniy qoplamali stadionida o'tmoqda. 30 yanvarga qadar shu erda bo'lish rejalashtirilgan. SHu kuni jamoa Farg'onaga yo'l oladi va ikkinchi liga jamoasi "Dinamo" bilan sinov-nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.
SHu tariqa Tohir Kapadze jamoasi 2 fevral kuni start oladigan Farg'ona Hokim Kubogida ishtirok etish uchun tayyorgarlik ko'radi. Olingan malumotlarga ko'ra, "Qo'qon-1912" mazkur turnirdan so'ng yana Toshkentga borib, PFL Kubogida ham qatnashishni maqsad qilgan.
Tarkibdagi o'zgarishlarga to'xtaladigan bo'lsak, ko'rikda bo'lgan Nodir Ashurmatovga javob berib yuborilgan. Uning o'rniga o'tgan yili asosan zaxirada qolib ketgan Munavvar Valixo'jaev kelgan. SHuningdek jaroxatdan keyin himoyachi Aleksandr Kritinin ham mashg'ulotlar o'tkazishni boshlab yuborgan. Ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tgan Davron Mamatov bilan shartnoma imzolangan. Aytishlaricha "Qo'qon-1912"ning Toshkentdagi yig'ini chog'ida tarkiibga "Bunyodkor"ning iqtidorli futbolchilari: Akram Komilov va Rustam Ashurmatov qo'shiladi.

Fikrlar