So’nggi yangiliklar

23:59Неймар жароҳатидан тикланиши ҳақида: "Барчасини ташлаб юборгим келади"  0 23:23"Барселона" президентлигига собиқ даъвогар: "Лапорта ёлғон гапирди"  1 22:58Конференциялар лигаси. "Астана" ва "Ордабаси" навбатдаги босқичда!  2 22:19Анчелотти - Роналду ҳақида: "У билан барчаси осон"  1 21:55"Фенербахче" "Фиорентина" футболчисини 10 млн еврога сотиб олмоқчи  1 21:33"Интер"нинг собиқ эгалари Португалия клубини сотиб олмоқчи  0 21:02Арнаутович ҳам Фабрегаснинг шогирдига айланиши мумкин  1 20:40"Челси" Лукаку борасида АПЛ клуби билан келишиб олди  3 20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0 20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  2 19:18"Агар сенда "Милан" варианти бўлса, ўйлаб ўтирма!"  0 18:50Расман: Фёдор Чалов — ПАОК футболчиси!  2 18:34Расман: Страхиня Павлович — "Милан" футболчиси  1 18:08"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Камолов Жалолиддин  0

"Qo'qon-1912" o'z maydonida "Paxtakor" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

"Qo'qon-1912" o'z maydonida "Paxtakor" bilan durang o'ynadi

Oliy liganing 2-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Qo'qon-1912 (Qo'qon) – Paxtakor (Tashkent) 2:2
5 iyul 2015 yil. Qo'qon. "Markaziy" stadioni. 18:00
Hakamlar
: I. Tantashev (Buxoro), B. Qodirov (Buxoro), A. Qo'ldoshev (Buxoro), A. Rahimov (Andijon)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
Gollar: Igor Sergeev, 16. Nosir Otaqo'ziev, 18. Bahodir Akramov, 83-pen. Anvar Soliev, 90+4.
“Qo'qon-1912”:
1.Ruslan Matniyozov, 27.SHoxruh Xolmatov (23.Furqat Hasanboev, 88), 24.Ilya Ilin, 28.Aleksey Nikolaev, 5.Jalil Kimsanov, 22.Orif Mamadjonov, 18.Sardor Eminov (8.Nodirbek Qo'ziboev, 76), 6.Bahodir Akramov, 10.Quvondiq Ro'ziev, 11.Nosir Otaqo'ziev, 7.Aziz To'xtaboev (C) (11.Doniyor Usmonov, 60).
Zaxira: 12.Aziz Ashurov, 3.Hasanboy Ergashev, 4.Qahramon Maxamadjonov, 15.Maruf Zokirjonov,

“Paxtakor”: 12. Aleksandr Lobanov, 2.Egor Krimec, 4.Adnan Oraxovac, 7.Kaxi Maxaradze, 8.SHerzodbek Karimov (9.Jaloliddin Masharipov, 54), 11.Igor Sergeev, 15.Javohir Sohibov, 23.Aleksandr Merzlyakov, 24.Davron Hoshimov, 28.Stanislav Andreev (6.Murod Xolmuhamedov, 84), 29.Vladimir Kozak (20.Anvar Soliev, 78).
Zaxira: 1.Nikita Ribkin, 5.Akbar Ismatullaev, 34.Javohir Sidiqov, 35.Alisher Mirzaev.

Ogohlantirishlar: SHoxruh Xolmatov, 52. Davron Hoshimov, 72.


                                MATNLI TRANSLYACIYA
                                          YANGILASH




Etiboringiz uchun tashakkur! Salomat bo'ling!


90+6. Uchrashuv yakunlandi. SHu tariqa Qo'qondagi bahsda durang qayd etildi.


90+4. GOOOOLLLL!!! "Paxtakor"!!! Murod Xolmuhamedovning kuchli zarbasidan so'ng to'p "jonli devor"ga tegib qaytdi. Qaytgan to'pni Maxaradze darvozaga yo'lladi. Otaqo'zievni to'pni qaytardi. So'ngi zarbani esa Soliev berdi. 


90+3. Jarima maydoni tashqarisida to'p mezbon futbolchisining qo'liga tegdi. Jarima zarbasi!


90. Bosh hakam Ilgiz Tantashev ikkinchi taymga 6 daqiqa vaqt qo'shib berdi. 



90. "Paxtakor" asosiy etiborini hujumga qartmoqda. "Qo'qon-1912" esa qarshi hujumdan foydalanmoqda.




89. Maxaradze jarima maydoni ichida to'pni Masharipovga uzatdi. Jaloliddinning zarbasidan so'ng to'p ustun yonginasidan o'tib ketdi.


88. O'zgarish. "Qo'qon-1912". SHoxruh Xolmatov o'rniga Furqat Hasanboev tushdi.



86.  "Qo'qon-1912" posboni bir necha bor maxoratini namoyish etib, uchrashuv qahramoniga aylanmoqda.


84. Endi o'yin yanada qizisa ajab emas... Muxlislar "Qu-qon" "Qu-qon" deya xayqirmoqda. Bugun Qo'qonda bayram bo'lsa ajab emas.





84. O'zgarish. "Paxtakor". Stanislav Andreev o'rniga Murod Xolmuhamedov tushdi.



83. GOOOOLLLLLL!!! BAHODIR AKRMOOOOOVVVV!!! 6-raqam sohibi masuliyatli vazifani aniq bajardi.



81. Doniyor Usmonovni jarima maydoni ichida mehmonlar chalib yiqitishdi. Hakam hech ikkilanishlarsiz, 11 metrlik to'pi belgiladi.




80. PENALTIY! "Paxtakor" darvozasi tomon!



79. Zarbaaaa!!! Doniyor Usmonov garchi Oraxovacning taqibida bo'lishiga qaramay darvoza tomon kuchli zarba yo'lladi. To'p ustun yonginasidan o'tib ketdi.


78. O'zgarish. "Paxtakor". Vladimir Kozak o'rniga Anvar Soliev tushdi.



77. Andreev sal bo'lmasa jamoasini hisobda oldinga olib chiqishi mumkin edi. darvozabon bilan birga-bir vaziyatda qolgan Stasning zarbasidan so'ng Matniyozov yana seyv namoyish etib, to'pni qaytarishga erishdi. Barakalla Ruslan!


76. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Sardor Eminov o'rniga Nodirbek Qo'ziboev tushdi.


75. Eminovning maydonda boshqa o'ynay olmasligi aniq bo'ldi.


74. Sardor Eminov jaroxat oldi. SHifokorlar unga tibbiy yordam ko'rsatishmoqda.


73. Hoshimov o'ng qanotda raqibi Kimsanovdan to'pni olib qo'ydi va qarshi hujumga o'tdi.  Jarima maydoni ichiga etkazilgan to'pni Matniyozov ushlab oldi. 


72. Ogohlantirish. "Paxtakor". Davron Hoshimov raqibi Doniyor Usmonov katta tezlikda oldinga o'tayotganida qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. 


71. Zarbaaaaaa.... Masharipovning yo'llagan zarbasidan so'ng Matniyozov ajoyib sey namoyish etib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.


70. Andreev o'z qanotidan to'pni Merzlyakovga oshirdi. Nosir Otaqo'ziev raqibiga "korpus" berdi. Ammo hakam jarima to'pi belgiladi.


68. Har ikki jamoa bosh murabbiylari paytdan foydalanib, futbolchilarni maydon chetiga chaqirib, kerakli ko'rsatmalarni bermoqda.


67. Mezbonlar posboni Ruslan Matniyozov yana jaroxat oldi. SHifokorlar unga tibbiy yordam ko'rsatmoqda.


65. Otaqo'ziev endi to'pni egallab olib, Eminov bilan pas o'ynadi. Sardorning chap qanotdan uzatgan to'piga yana Otaqo'ziev egalik qildi. U esa yana Eminov bilan pas o'ynadi. So'nggi vaziyatlarda mezbonlarga sovuqqonlik etishmadi.


64. Quvondiq Ro'ziev markazda to'pni qabul qilib olib, qarshi hujum uyushtirdi. U to'pni Usmonovga oshirayotganida raqib to'pni qaytardi. 


62. O'ng qanotdan mezbonlar jarima maydoni ichiga havolatib uzatilgan to'pni Ilin bosh bilan urib maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

61. Sardorlik vazifasini endi Bahodir Akramov bajaradi.


60. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Aftidan To'xtaboevning jaroxati jiddiy ko'rinadi. Murabbiylar uning o'rniga Doniyor Usmonovni maydonga tushirmoqda.


59. Maydon markazida Otaqo'ziev to'pni bir urinishda To'xtaboevga oshirdi. Javohir Sohibov esa "Qo'qon-1912"ga jaroxat etkazdi. Lekin o'yin davom etmoqda. 


58. Jaloliddin Masharipov raqib jarima maydoni ichida to'p bilan xarakatlanayotganida Nikolaev to'pni Matniyozovga qulay tarzda tashlab berdi. Ruslan esa to'pni oldinga tepib, xavfni bartaraf etdi.


56. Xavfli vaziyayayatt! Sergeev-Maxaradze kombnaciyasi sal bo'lmasa gol bilan yakulanishi mumkin edi. Kaxining zarbasidan so'ng to'p ustun yonginasidan o'tib ketdi. 


54. O'zgarish. "Paxtakor". SHerzodbek Karimov o'rniga Jaloliddin Masharipov tushdi.


52. Ogohlantirish. "Qo'qon-1912".  SHoxruh Xolmatov maydon markazi yaqinida Andreevga ortidan qo'pollik ishlatgani uchun hakam o'yinni to'xtatdi va uni ogohlantirdi. 


49. Andreev chap qanotdan hujum uyushtirayotganida Ilin to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 


48. Zarbaaaa.... Sergeevning tahminan 10 metrlardan yo'llagan zarbasidan so'ng to'pni Matniyozov maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Qanot hakami o'yindan tashqari xolatni ko'rsatib turardi.


47. Aziz To'xtaboevning chamasi 15 metrlardan bergan zarbasidan so'ng to'p ustun yonginasidan o'tib ketdi.


46. Quvondiq Ro'ziev o'ng qanotdan oldinga o'tdi. Egor Krimec un qo'pollik bilan to'xtatib qoldi.


46. Mezbonlar to'pni o'yinga kiritgan xolda, ikkinchi taymni boshlab berdi.


Ikkinchi bo'lim boshlanish arafasida. Jamoalar maydonga qaytib chiqishmoqda.


Aytgancha, "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" o'yinini bevosita stadionda kuzatish uchun Andijon Nodirbek To'ychiev kelganini ham takidlash lozim. ))

O'zbekiston ishqibozlar klubi sardori Abdurahmon Fozilov ham bugungi o'yinga tashrif buyurgan. Tanaffus paytida Fozilov qo'qonlik ashaddiy muxlis Akramjon Mamadalievni MTJ futbolchi dastxati tushirilgan to'p bilan taqdirladi. 

45+3. Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus!


45+2. Qo'qonliklar qarshi hujumga o'tdi. Ro'ziev to'pni chap qanotda oldinga o'tib borayotgan Eminovga uzatishda xatoga yo'l qo'ydi. Aftidan futbolchilar bu vaziyatda bir-birini tushunmadi.


45. Bosh hakam birinchi bo'lim to'xtalishlari uchun 3 daqiqa vaqt qo'shib berdi.



44. Ro'ziev to'pni egallab oldinga yurish qildi va Mamadjonovni ko'ra bildi. Orif esa to'pni qaytarishda aniq xarakat qila olmadi. Natijada to'p oldirildi. 



42. Maydon egalari qarshi hujumga o'tdi. To'xtaboev to'p bilan oldinga intila boshladi. Keyinchalik uning ortidan Oraxovac etib kelib, to'pni qaytardi. Ammo Aziz yana to'pga egalik qildi. Xavf esa bartaraf etildi.


41. Mehmonlar o'ng qanotdan oldinga o'tayotganida to'p maydonni tark etdi. Qanot hakam to'pni "Paxtakor" o'yinga kiritishini ko'rsatdi. Bosh hakam esa aksincha... ))



40. Kimsanov chap qanotdan oldinga o'tib, to'pni Mamadjonovga uzatdi. Orif esa to'pni yana Jalilni o'ziga qaytaraman deb xatoga yo'ql qo'ydi. 



39. Merzlyakov chap qanotdan oldinga o'tayotganida Xolmatov to'pni olib qo'yishga erishdi.


38. Otaqo'zievga chap qanotdan to'pni Eminovga oshirayotganida aniqlik etishmadi.


36. Mehmonlar jarima maydoni ichida To'xtaboev - Mamadjonov - Akramov kombinaciyasi xavfli tus oldi. Oraxovac to'pni maydon tashqarisiga chiqarib, vaziyatni biroz yumshatdi. 


34. Kaxi Maxaradze  markazdan to'pni chap qanotga oshirib yangi hujum tashkil etmoqchi bo'ldi. Ammo SHoxruh Xolmatov to'pni qaytarib yubordi.   



31. Andreev o'ng qanotdan jarima zarbasini amalga oshirdi. havolatib uzatilgan to'pga Sergeev bosh bilan zarba berdi. Darvozabon o'z o'rnida. 



30. Zarbaaaaa!!! SHerzod Karimovning tahminan 25 metrlardan yo'llagan zarbasini Matniyozov arang qaytardi.  



29. Jalil Kimsanov to'pni egallab olib, chap qanotdan hujumga o'tayotganida mehmonlar uni qo'pollik bilan to'xtatib qoldi. Jarima zarbasi. 


28. Karimov chap qanotdan to'pni jarima maydoni ichiga oshirdi. To'p Ilinga tegib yo'nalishini o'zgartirdi. Keyinchalik Quvondiq Ro'zievni to'pni oldinga tashlagan xolda, xavfni bartaraf etdi.


26. "Paxtakor" azolari chap qanotdan hujum tashkil etish maqsadida to'pni Andreevga oshirdi. Ammo qanot hakami bayroqchasini ko'tarib, o'yindan tashqari xolat ekanligini qayd etdi. 


23. Mezbonlar yangi hujum boshlayotganida Otaqo'ziev to'pni sherigiga oshirishda xatoga yo'l qo'ydi. Natijada Kozak qarshi hujumga o'tdi. 


21. Xavfli vaziiyayayayattt! Bahodir Akramov jarima maydoni ichida kutilmaganda to'pni To'xtaboevga oshirdi. Azizning 2 metrlardan bergan zarbasidan so'ng to'p ustun yonginasidan o'tib ketdi.


20. SHerzod Karimov chap qanotdan jarima zarbasini amalga oshirdi. darvozabon o'z o'rnida.


18. GOOOOOOLLLLL!!! "Qo'qon-1912"! Orif Mamadjonovning to'p uzatishidan so'ng Nosir Otaqo'ziev boshi bilan mehmonlar darvozasini ishg'ol etdi.


16. GOOOOLLL!!! "Paxtakor"! Igor Sergeev raqib jarima maydoni ichida kuchli aniq zarbasi bilan hisobni ochishga erishdi. 


16. Sardor Eminov chap qanotdan oldinga o'tayotganida Davron Hoshimov unga imkon bermadi.  

15. Vladimir Kozak olisdan darvoza tomon zarba berib, Matniyozovni xushyorligini sinab ko'rdi. Ruslan o'z o'rnida. 


14. "Paxtakor" futbolchilari tashabbusni o'z qo'llariga olishga urinmoqda.


12. Ilya Ilin markazda to'p uchun kurashda Sergeevga nisbatan qo'pol o'ynadi. jarima to'pi belgilandi. 


8. Darvoqe, qo'qonliklarning asosiy posboni Andrey Baklanov jaroxat sababli bugungi o'yinni tribunadan kuzatishga majbur bo'lmoqda. 



7. Matniyozovga muolaja ko'rsatish biroz cho'zilib ketdi...


6. Bugun "Qo'qon-1912" tarkibida ikkinchi uchrashuvini o'tkazayotgan darvozabon Ruslan Matniyozov jaroxat oldi. Unga shifokorlar tibbiy yordam ko'rsatmoqda. 

5. Satanisla Andreev chap qanotdan to'pni jarima maydoni ichiga uzatdi. Sergeev bir urinishda darvozani ishg'ol etdi. Ammo o'yindan tashqari xolat qayd etildi. 
 
3. Kaxi Maxaradze jarima maydoni mezbonlar jarima maydonchasi ichida Nikolaevni aldab o'tib, to'pni markazroqqa uzatayotganida Ilin to'pni qaytardi.


1.Uchrashuv boshlandi. 


Diqqat qiling! Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. Uchrashuv boshlanish arafasida.


 Bugun oliy liganing 2-turidan o'rin olgan va malum sabablarga ko'ra qoldirilgan o'yini bo'lib o'tadi.


Assalomu alaykum xurmatli ishqibozlar! Qo'qondagi "Markaziy" stadiondan reportajimizni boshlaymiz. 


- Uchrashuv boshlandi.




Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика