"Qo'qon-1912": O'rinbosarlarimiz uchun muvaffaqiyatli mavsum

Narzulla Saydullayev
30 noya 2017, 17:19
"Qo'qon-1912" o'rinbosarlari uchun mavsum-2017 juda muvaffaqiyatli o'tdi, desak mubolag'a bo'lmaydi.

Muhsin Nizomiddinov shogirdlari yoshlar ligasida uchinchi o'rinni qo'lga kiritishdi. Bu esa Qo'qonda yana bir yangi avlod vakillari yetishib chiqayotganidan dalolat beradi.  

O'rinbosarlarimiz butun mavsum davomida muxlislar uchun hayajonli onlarni taqdim etishdi. Vakillarimiz ko'plab uchrashuvlarda irodali g'alabalarni qo'lga kiritishdi. Bazan esa so'nggi daqiqalardagi gollar evaziga raqiblardan ustun kelishdi. Mana shunday unutilmas onlarni taqdim etishgani uchun ularga minnadorchilik izhor etamiz.

O'rinbosarlar safida Muhammadanas Hasanov, Avaz Mamatxo'jaev, Iqbol Malikjonov, Oybek Rustamovlar yorqin o'yin namoyish etishdi. Bundan tashqari, Islom Abdullaev, Doniyor To'lashev, Doston Meliqo'ziev, Abror Rahmonov, Dilshod Baratov, Ismoil Oxunjonov kabi yosh futbolchilar butun mavsum davomida o'zlarining yorqin o'yinlari bilan ishqibozlarimizni xushnud etishdi.

O'ylaymizki, yangi mavsumda ham o'rinbosarlar mana shunday natijalar bilan muxlislarni quvontiradilar.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz