"Qo'qon-1912": Noyabr oyida kimlar bilan o'ynaymiz?
09 noy 2016 15:43
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/227290_original.jpg)
![](/upload/storage/227290_220.jpg)
"Qo'qon-1912": Noyabr oyida kimlar bilan o'ynaymiz?
Oliy liga o'yinlarining yakunlanishiga ikki tur qoldi.
FIFA kunlari yakuniga etgach, chempionatimiz bahslari yana davom ettiriladi. Milliy birinchiligiimiz finishi arafasiga kelgan bo'lsa-da, hali chempionlik masalasi hal bo'lgani yo'q. SHuningdek, elitani tark etadigan klublar ham malum emas. Sovrinli o'rinlar va kuchlilar safida qolish uchun kurashlar davom etmoqda.
“Qo'qon-1912” jamoasi so'nggi ikki turni kim bilan o'tkazishini yana bir bor yodingizga solib o'tamiz.
29-turda futbolchilarimiz G'uzorda “SHo'rtan” mehmoni bo'lishadi. Ushbu uchrashuv 18 noyabr kuniga belgilangan. CHempionatdagi oxirgi o'yinni jamoamiz 22-noyabr kuni o'z maydonida “Olmaliq”qa qarshi o'tkazadi.
Mazkur bellashuvlarda vakillarimizga omad tilab qolamiz.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar