"Qo'qon-1912": Muxlislar yoqimtoyi – Sardor Eminov
07 dek 2015 11:30
Yangiliklar


"Qo'qon-1912": Muxlislar yoqimtoyi – Sardor Eminov
Ushbu o'yinchilarning aksariyati klub rahbarlari, murabbiylar shtabi va muxlislar ishonchini oqlay olishdi. Mana shunday futbolchilardan biri – Sardor Eminovdir.
Ushbu yarim himoyachi birinchi davradagi chiroyli o'ynlari orqali qo'qonlik muxlislarning mehrini qozona olgandi. O'zining ajoyib driblinglari bilan raqiblarni shoshirib qo'ygandi. SHuning uchun ko'plab ishqibozlar orasida uni terma jamaoaga taklif etish lozim, degan fikrlar ham yangradi.
Biroq ikkinchi davrani Eminov u qadar yaxshi o'tkaza olmadi. 28 yoshli yarim himoyachi 16-turda “Dinamo” darvozasini ishg'ol etdi. Keyin esa uning o'yinida pasayish yuzaga keldi. Natija ayrim uchrashuvlarda Eminov zaxirada qoldirildi.
Ammo shunday bo'lishiga qaramay, Sardor Eminov qo'qonlik muxlislarning yoqimtoyiga aylanib ulgurdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar