"Qo'qon-1912": Mirjalol Qurbonov va Doston Tursunov keldi
09 fev 2016 07:16
Yangiliklar


"Qo'qon-1912": Mirjalol Qurbonov va Doston Tursunov keldi
Kecha Toshkentga to'plangan "Qo'qon-1912" azolari dastlabki mashg'ulotlarini o'tkazishdi.
Birinchi mashg'ulotda fubolchilarga ortiqcha jismoniy yuklamalar berilmadi. Asosan to'p bilan ishlandi.
O'zgarishlarga kelsak, o'tgan mavsumni “Qizilqum” jamoasida o'tkazgan Mirjalol Qurbonov hamda “Neftchi” vakili Doston Tursunovlar tarkibga kelib qo'shilishdi. Doston Tursunov qo'qonlik futbol muxlislari uchun begona emas. Ushbu himoyachi 2015 yili Yangi Zelandiyada o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etgan. Bundan tashqari, yaqindagi Qatarda yakuniga etgan 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida o'tkazilgan Osiyo chempionatida qatnashgan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibiga jalb etilgan.
Jamoamizning kechagi mashg'ulotini bir qator taniqli mutaxassislar kuzatib borishdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar