So’nggi yangiliklar

09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  1 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  1 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  8 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  8 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  7 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1

“Qo'qon-1912” – “Metallurg” prevyu Yangiliklar

“Qo'qon-1912” – “Metallurg” prevyu

22 aprel shanba kuni Qo'qondagi “Markaziy” o'yingohda Oliy liga 7-turidan o'rin olgan “Qo'qon-1912” – “Metallurg” uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Quyida mazkur jamoalarning o'zaro o'yindagi statistik malumotlarni taqdim etamiz.

15-uchrashuv arafasida

Ushbu jamoalar shu kunga qadar Oliy ligada 14 bor kuch sinashishgan. O'yinlarning ettitasida vakillarimizning qo'li baland kelgan. “Metallurg” beshta uchrashuvda g'alaba qozongan. Ikkita bahsda g'olib nomi aniqlanmagan. To'plar nisbatidagi ustunlik qo'qonliklar tomonida 24-21. “Qo'qon-1912” o'zaro o'yinlarda 23 ochkoga ega bo'lgan. “Metallurg” to'plagan ochkolar esa 17 tani tashkil etadi.

Fakt: Bekobodliklar shu kunga qadar biror marta Qo'qonda g'alaba qozona olishmagan. “Qo'qon-1912” esa o'z maydonidagi oltita bahsda raqibdan ustun kelgan.

Qo'qonda o'tgan barcha uchrashuvlar:
17.09.2016 Qo'qon-1912 – Metallurg 2:1
25.10.2015 Qo'qon-1912 – Metallurg 2:1
13.09.2003 Qo'qon-1912 – Metallurg 4:0
23.11.2002 Qo'qon-1912 – Metallurg 1:0
29.04.2000 Qo'qon-1912 – Metallurg 2:0
02.10.1999 Qo'qon-1912 – Metallurg 5:1
05.09.1998 Qo'qon-1912 – Metallurg 1:1

Hakamlar

22 aprel kuni Qo'qonda bo'lib o'tadigan “Qo'qon-1912” – “Metallurg” o'yinini Olimjon Tolibjonov boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi. Uchrashuv nazoratchisi Igor Nexochin.

Aytgancha, o'tgan yili ushbu hakam “Qo'qon-1912” jamoasining uchta o'yinini boshqargan. Ulardan ikkitasi Qo'qondagi uchrashuvga to'g'ri kelgan.

Oliy liga

7-tur
Qo'qon-1912 (Qo'qon) – Metallurg (Bekobod)
Hakamlar:
O. Tolibjonov (Toshkent), N. Ro'zimov (Toshkent), S. Eremeev (Toshkent), A. Rubakov (Toshkent)
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).

Boshlanish vaqtlari

Mazkur uchrashuv 22 aprel kuni soat 17:00da boshlanishi kuzda tutilgan. 21 aprel kuni esa ushbu jamoalarning o'rinbosarlari maydonga tushishadi. O'yin 15:30da boshlanadi. Barcha muxlislarimizni “Markaziy” o'yingohga chorlab qolamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика