"Qo'qon-1912": Mashg'ulotlar davom etmoqda
24 dek 2019 10:31
Yangiliklar
"Qo'qon-1912": Mashg'ulotlar davom etmoqda
Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazishmoqda. Kunning birinchi yarmida trenajyor zalida shug'ullangan futbolchilar, kechki payt maydonda to'p bilan ishlamoqdalar. Kecha bo'lib o'tgan mashg'ulotda himoyachi Alisher Samatov jiddiy jarohat olgan. SHifokorlar Samatovning oyog'i singganligini aytishmoqda. Alisher Samatov qancha muddatga safdan chiqqanligi Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan so'ng malum bo'ladi. Biz futbolchiga tezroq sog'ayib maydonga qaytishini tilab qolamiz.
Kechadan mashg'ulotlarga jamoaning ikki etakchi futbolchilari , Murod Xolmuhammedov hamda Quvondiq Ro'zievlar qo'shilishdi. Kechki payt bo'lib o'tgan mashg'ulotlar, kecha tug'ilgan kunini nishonlayotgan, jamoa sardori Murod Xolmuhammedovni tabriklash bilan boshlandi. Jamoa azolari Murodjonga uzoq umr, mustahkam sog'lik va kelgusi faoliyatiga omad tilashdi.
Baxtiyor Ashurmatov boshchiligida o'tgan mashg'ulotlarda futbolchilar to'p bilan muomala qilish bo'yicha turli mashqlarni bajarib ko'rishdi.





O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar