So’nggi yangiliklar

22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  1 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  1 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан ҳайрлашди  0 21:37АПЛ. "Борнмут" - "Арсенал" баҳси асосий таркиблари маълум!  3 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  2 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  2

"Qo'qon-1912": Kubok o'yini oldindan Yangiliklar

"Qo'qon-1912": Kubok o'yini oldindan

Teglar :  Qo'qon-1912Buxoro
28 iyul kuni “Qo'qon-1912” jamoasi vakillari O'zbekiston Kubogi chorak final javob uchrashuvi doirasida “Buxoro” mehmoni bo'lishadi.

Umuman olganda, jamoamiz vakillari 1992 yildan beri o'tkazib kelinayotgan O'zbekiston Kubogi bahslarida 15-marta ishtirok etishmoqda (Oldin “Temiryo'lchi” nomi ostida qatnashgan).

Bu yilgi O'zbekiston kubogi bahslarida vakillarimiz omadli ishtirok etishmoqda. O'tkazilgan to'rtta uchrashuvda “Qo'qon-1912” mag'lubiyatga uchramagan. Bu yil kubok o'yinlarida jamoamiz azolari mehmonda yaxshiroq to'p surishmoqda. Xususan, ikki marta safarda g'alaba qozonildi. 1/16 finalda (NBU-Osiyo), 1/8 finalda (Navbahor). Buxoroda ham ushbu anani davom etadi, degan umiddamiz.

O'zaro o'yinlarga nazar tashlaydigan bo'lsak, “Buxoro” bilan kubok doirasida uch marta to'qnash kelganmiz.

Daastlab ushbu jamoalar 2002/2003 yilgi kubok bahslarining nimchorak finalida maydonga tushishgan. 2003 yining 27 mart sanasida Buxoroda bo'lib o'tgan bellashuvda mezbonlar 2:1 hisobida g'alaba qozonishgan. 2003 yil 2 aprel kuni Qo'qonda o'tkazilgan o'yinda ham buxoroliklar 3:2 hisobida raqibdan ustun kelishgan va chorak finalga chiqishgan.

Oxirgi uchrashuv 5 iyul kuni Qo'qonda bo'lib o'tdi. Mazkur bahsda 1:1 hisobi qayd etildi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика