"Qo'qon-1912": Yig'in Toshkentga ko'chdi
15 jan 2015 16:50
Yangiliklar


"Qo'qon-1912": Yig'in Toshkentga ko'chdi
“Qo'qon-1912” yangi mavsumga tayyorgarlik bosqichining ikkinchi qismini yakunladi.
Kecha “Navbahor” bilan o'yindan so'ng futbolchilarga dam berildi. Bugundan jamoamiz azolari endi Toshkentda yig'iladi. Tushlikdan so'ng “O'zbekiston” mehmonxonasiga joylashadi. Ertaga, 16 yanvar kuni futbolchilar CHig'atoyda “Futbol-MED” ko'rigidan o'tadi. 17 yanvar kuni esa “Olmaliq” bilan sinov-nazorat uchrashuvi tashkil etish ko'zda tutilgan. SHuningdek murabbiylar shtabi poytaxt yig'ini davomida yana bir nechta nazorat o'yinlarni o'tkazishni rejasiga kiritgan.
Eslatib o'tamiz, mazkur yig'in 28 yanvar kuni poyoniga etadi. 30 yanvardan esa Farg'onada start oladigan ananaviy hokim kubogi turnirida ishtirok etish maqsad qilingan.
Eslatib o'tamiz, mazkur yig'in 28 yanvar kuni poyoniga etadi. 30 yanvardan esa Farg'onada start oladigan ananaviy hokim kubogi turnirida ishtirok etish maqsad qilingan.

Fikrlar