“Qo'qon-1912” jamoasi kelajagi porloq bo'lishi kutilayotgan yosh yulduz bilan shartnoma imzoladi
26 dek 2021 17:08
Yangiliklar
“Qo'qon-1912” jamoasi kelajagi porloq bo'lishi kutilayotgan yosh yulduz bilan shartnoma imzoladi
Komilov Murodjon 2005 yilda tug'ilgan, Farg'ona futbol maktabi tarbiyalanuvchisi bo'lib, so'nggi ikki yilda CHig'atoy futbol maktabida futbol sir-asrorlarni o'rganib kelayotgan edi. Murodjon 2005 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida so'nggi yillarda o'tkazilgan respublika birinchiliklarining eng yaxshi hujumchisi bo'lib kelmoqda.
O'zining yorqin o'yinlari bilan mutaxassislar etiboriga tushgan yosh hujumchi O'zbekiston U-15 terma jamoasi azosi hisoblanadi. Mamlakatimizning etakchi jamoalari yosh iqtidor egasini o'z safida ko'rishni hohlashgan edi. Respublikamizning ko'zga ko'ringan futbol mutaxassislari Murodjon Komilovga O'zbekistonning kelajakdagi “Messi”si deb baho berishmoqda. “Qo'qon-1912” jamoasi Murodjon Komilov bilan 2026-yilga qadar shartnoma imzoladi.
Fikrlar