“Qo'qon-1912" jamoasi ukrainalik futbolchi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi
26 jan 2024 14:12
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/778165_original.jpg)
![](/upload/storage/778165_220.jpg)
“Qo'qon-1912" jamoasi ukrainalik futbolchi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi
Yangi mavsumga o'z oldida Superliga yo'llanmasini qo'ygan “Qo'qon-1912" jamoasi navbatdagi futbolchi bilan kelishuvga erishdi.
O'tgan mavsum Pro liga to'purarlaridan biri Sergey Petrov yangi mavsum “Qo'qon-1912" jamoasida boshladi. Ukrainalik hujumchi bilan qo'qonliklar 2 yilga mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Sergey Petrov
Tug'ilgan sanasi: 21.05.1997. Ukraina
Ampulasi: Markaziy hujumchi
Malumot uchun, Petrov o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urgan.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar