“Qo'qon-1912” jamoasi 2-davraga tayyorgarlikni qurbon hayiti bayramidan so'ng boshlaydi
07 iyu 2022 21:00
Yangiliklar
“Qo'qon-1912” jamoasi 2-davraga tayyorgarlikni qurbon hayiti bayramidan so'ng boshlaydi
Superligada 1-davra o'yinlari o'z yakuniga etgach barcha jamoalar kabi “Qo'qon-1912” jamoasi azolari ham tatilga chiqishgan.
Ayni kunlarda barcha futbolchi hamda murabbiylar oila davrasida hordiq chiqarishmoqda.
Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, “shunqorlar” mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni Qurbon hayiti bayramidan so'ng, yani, 10 iyul kunidan boshlaydi. Dastlabki o'quv-yig'in mashg'ulotlari Toshkent viloyatining Do'rmon posyolkasida bo'lib o'tadi. Bu erda futbolchilarimiz 10 iyuldan 23 iyulga qadar shug'ullanadilar. Mazkur yig'in davomida futbolchilarning CHimyon dam olish maskanida hordiq chiqarishlari ham ko'zda tutilgan.
“Qo'qon-1912” jamoasi ikkinchi davraning dastlabki uchrashuvini Farg'onaning “Neftchi” jamoasiga qarshi o'tkazadilar. Bu uchrashuv 2 avgust sanasiga belgilangan.
Fikrlar