"Qo'qon-1912": Jamoamiz a'zolari tibbiy ko'rikdan o'tishmoqda
Narzulla Saydullayev
16 iyul 2016, 12:04
Oxirgi paytlarda Oliy liga va birinchi liga klublarining mavsum boshida va ikkinchi davra arafasida Toshkentdagi “Futbol-MED”da tibbiy ko'rikdan o'tkazilayotgani va uning kuchi katta bo'layotganini ko'rishimiz mumkin.
Ikkinchi davraga jiddiy tayyorgarlik ko'rayotgan “Qo'qon-1912” jamoasi a'zolari bugun “Futbol-MED”da tibbiy ko'rikdan o'tishmoqda.
O'rinbosarlarimiz ham bugun “Futbol-MED”da ko'rigidan o'tish uchun Toshkentga jo'nab ketishdi.