So’nggi yangiliklar

14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  0 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  5 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  9 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4

"Qo'qon-1912" - "Hokim kubogi-2017" g'olibi Yangiliklar

"Qo'qon-1912" - "Hokim kubogi-2017" g'olibi

Bugun Farg'ona viloyati "Hokim kubogi-2017" musobaqasining final uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda "Qo'qon-1912" va Farg'onaning "Istiqlol" klublari to'qnash kelishdi.

Ushbu musobaqada 13 yillik anana barham berildi. So'nggi o'n uch yildan beri “Neftchi” mazkur turnir bosh sovrinini qo'lga kiritib kelardi. Bu yil ushbu ananaga barham berildi.

Uchrashuvni "Qo'qon-1912" xotirjam tarzda boshlashdi. Bundan esa “Istiqlol” futbolchilari foydanlishga intilishdi. Ammo ularning dastlabki daqiqalardagi hujumlari samarasiz yakunlandi. 13-daqiqada Bahodir Pardaev jarima maydonchasiga kirmay zarba berishga qaror qildi. Uning zarbasi biroz noaniq ko'rinish oldi. 19-daqiqada jamoamiz ijrosida ajoyib kombinaciya. Suhrob Berdievning qaysi uslubida tepgan to'pi sal noaniq bo'ldi. 23-daqiqada Filip Rayevacning boshi bilan bergan zarbasini farg'onaliklar posboni arang qaytarib qoldi. 27-daqiqada hisob ochildi.  Jamoamizning tashkil etilgan navbatdagi kombinaciyasining Suhrob Berdiev gol bilan yakunladi.



34- Bahodir Pardaevning jarimadan bergan zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi. Qaytgan to'pni Valentich boshi bilan darvoza tomon yo'lladi. Serbiyalik himoyachining zarbasi noaniq chiqdi.

Birinchi bo'lim shu hisobda yakun topdi. Ikkinchi bo'limni xuddi birinchi taymdagi kabi  “Istiqlol” vakillari biroz faol boshlashdi. Ushbu uchrashuvni tomosha qilish uchun “FarDU” stadioniga uch mingdan ortiq muxlis tashrif buyurganini etirof etish joiz. 76-daqiqada jamoamizning navbatdagi hujumi gol bilan yakunlandi. Bu safar ham Suhrob Berdiev raqib darvozasini ishg'ol etdi.

SHunday qilib jamoamiz mavsumdagi dastlabki musobaqada bosh sovrin sohibiga aylandi. 


“Viloyat Hokimi Kubogi-2017”

Final

“Qo'qon-1912-1” (Qo'qon) – “Istiqlol”  (Farg'ona) – 2:0 (1:0)
Hakamlar
: Olim To'ychiboev, SHoxruh Azamov, Qahramon Sobirov, Aziz Tolipov.
Nazoratchi: Erkin Oripov
Gollar: Suhrob Berdiev-27, 76.

“Qo'qon-1912”: 13. Nikita Ribkin, 4. Akmal Xolmurodov, 7. Jamshid Hasanov, 10. Javohir Sidiqov (19. Muhammadanas Hasanov-80), 15. Oybek Rustamov (70. Sobir Hamidov-84), 26. Bahodir Pardaev (28. Avaz Mamatxo'jaev-71), 29. Aleksandr Merzlyakov,  55. Murod Xolmuhammedov, 83. Nikola Valentich (5. Jalil Kimsanov-85), 90. Suhrob Berdiev, 99. Filip Rayevac (25. Andrey Sidorov-67).
Zaxira: 12. Aziz Ashurov, 31. Darko Gojkovich.

“Istiqlol”:  89. Doniyor Usmonov, 2. Aziz Madaliev, 16. Karim Mamadaliev, 8. Akmali Rahimzoda, 11. Jamshid Hoshimov (19. Abduxoliq Qurbonov-77), 4. Xayrullo Madaminov, 6. Abdulla Jo'raboev (17. Doston Tursunzoda-72), 10. Davlat Yorbekov (13. Alisher Fayzullaev-59), 77. Hoshim SHokirov ((9. SHarif Mirzaev-66), 15. Muhammadsulton Fozilov, 5. Bobur Aminjonov.
Zaxira: 12. Kazbek Ortiqboev, 3. Davron Qoraboev, 14. Doston Bobojonov.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика