So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  0 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  7 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

"Qo'qon-1912" ham tayyorgarlikni boshladi Yangiliklar

"Qo'qon-1912" ham tayyorgarlikni boshladi

Ayni paytda mamlakatimizning bir qator jamoalari yangi mavsum taraddudini boshladi.
Xususan birinchi liga vakili "Qo'qon-1912" ham bu borada yig'inga ertaroq kirishdi.

Jamoa azolari rejaga ko'ra, kecha klub bazasida yig'ildi. Ayni paytda bosh murabbiy Toxir Kapadze Toshkentda o'tayotgan PRO murabbiylik kursida tahsil olayotgani bois, futbolchilarni yordamchi murabbiy Muhiddin Abduvaliev shug'ullantirmoqda.

Tarkibda asosan mahalliy futbolchilarni uchratish mumkin. SHuningdek bu yilgi mavsumni "So'g'diyona" va "Qizilqum" jamoalarida o'tkazgan Jalil Kimsanov, oxirgi yillarda "Navbahor" sharafini himoya qilib kelayotgan Sobir Hamidov ayni paytda qo'qonliklar bilan birga mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda. Bundan tashqari iqtidorli posbon Nodir Ashurmatovning ham "Qo'qon-1912" yig'inida qatnashayotganini aytib o'tish kerak.

"SA"ga malum qilishlaricha mazkur yig'in 29 dekabrga qadar davom etadi. SHundan so'ng yangi yil bayrami munosabati bilan futbolchilarga qisqa muddatli dam beriladi. 4 yanvardan boshlab esa, yig'inning ikkinchi qismi start oladi.

Bu borada jamoa ustozi Toxir Veysalovich shunday dedi:
- Dastlabki yig'inda asosiy etiborni qo'qonlik yigitlarga qaratamiz. CHunki o'zingizga yaxshi malumki, Qo'qonda mahoratli futbolchilar talaygina. 1994-95-96 yillarda tavallud topgan yoshlarni ham saralab olishni rejalashtirganmiz. Qarashlarimizga mos kelganini jamoada olib qolib, kelgusi yig'inlarimizda ham sinab ko'ramiz. Toshkentda kechadigan bo'lajak yig'inimizda esa boshqa viloyatlik futbolchilarni ham sinab ko'rishimiz mumkin. Lekin yana qaytarib aytaman, biz asosiy etiborni qo'qonlik futbolchilargi qaratamiz.   
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика