"Qo'qon-1912" ertaga "Turon" bilan o'ynaydi
27 iyu 2022 23:12
Yangiliklar


"Qo'qon-1912" ertaga "Turon" bilan o'ynaydi
"Qo'qon-1912" jamoasi Coca Cola superligasining ikkinchi davrasiga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini boshladi.
"Qo'qon-1912" Jamoa azolari bugun Qo'qon shahrida to'planishdi hamda Qo'qondagi "markaziy" stadionida o'z mashg'ulotlarini o'tkazishdi.
Darvon Fayizev shogirdlari Superliganing ikkinchi davrasini Farg'onaning "Neftchi" jamoasiga qarshi o'yin bilan boshlaydi. "Qo'qon-1912" hamda "Neftchi" o'rtasidiga "derbi", 2 avgust kuni Yaypandagi "O'zbekiston" stadionida bo'lib o'tadi.
Mazkur uchrashuvga tayyorgarlik ko'rish rejasiga ko'ra "Qo'qon-1912" ertaga nazorat uchrashuvida maydonga tushadi. 28 iyun Yaypandagi "O'zbekiston" stadionida mezbonlar "Turon" jamoasi bilan "Qo'qon-1912" jamoasi o'rtasida o'rtoqlik o'yini bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar