So’nggi yangiliklar

16:07Расман: Шоҳруз Норхонов — "Қизилқум" футболчиси  1 15:25Расман: "Олимпик" собиқ футболчиси "Сурхон"га ўтди  0 15:10Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  19 15:04Расман: "Арсенал" собиқ ярим ҳимоячиси АПЛга қайтди  0 14:38"Рома" ҳужумчиси фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 14:10Расман: Луис Диас – "Бавария" футболчиси  6 13:54"Насаф"га ганалик хавбек келмоқда  16 12:39"Футболчи учун жароҳатдан-да хавфли муаммо бор"  1 12:35"Камп Ноу"да чим ётқизиш ишлари бошланди  1 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  6 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  3 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  5 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1

"Qo'qon-1912": Ertaga "Neftchi" bilan o'ynaymiz Yangiliklar

"Qo'qon-1912": Ertaga "Neftchi" bilan o'ynaymiz

Jamoamizning bugungi mashg'ulotlari poyoniga etdi.

Jamoamizning bugungi mashg'ulotlari poyoniga etdi.

Futbolchilar ertalab jismoniy tayyorgarlikka mo'ljallangan mashqlarni bajardi. Trenajyor zalida kechgan mashg'ulotlar 2 soat davom etdi. Tushlikdan keyin esa “Markaziy” stadionda to'p bilan shug'ullanildi. 

Kuchli shamol esishiga qaramay, muxlislarning bugungi mashg'ulotlarga ham tashrif buyurganini etirof etish lozim. Ular har bir kungi mashg'ulotni diqqat bilan kuzatib bormoqda. SHuningdek Qo'qon shahar hokimi Abdullaev Akromjon Anorqulovich  ham stadionga tashrif buyurib, mashg'ulotni chetdan turib kuzatib bordi. Bu esa futbolchi va stadionga kelgan ishqibozlarni kayfiyatini ko'targani aniq. 

Mashg'ulotlarda jami 24 nafar futbolchi ishtirok etmoqda. Himoyachi Bahrom Yuldashev bilan yarim himoyachi Nodirbek Qo'ziboev betobligi sababli shug'ullana olmayapti. Tarkibni kuchaytirish uchun bir qator tajribali o'yinchilar bilan muzokara olib borilmoqda. 

Murabbiylar rejasiga ko'ra, jamoa ertaga Farg'onada “Neftchi” bilan sinov-nazorat uchrashuvini o'tkazadi. Mazkur uchrashuv "Qirguli"stadionida soat 14:00da boshlanishini ko'zda tutilgan. 

O'yindan so'ng bu haqda batafsil malumot beramiz. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика