So’nggi yangiliklar

10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  0 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  4 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  9 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  3 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0

"Qo'qon-1912": CHirchiqdagi yig'in boshlandi, Quvondiq keldi Yangiliklar

"Qo'qon-1912": CHirchiqdagi yig'in boshlandi, Quvondiq keldi

Teglar :  Qo'qon-1912
1-davrani ko'tarinki kayfiyatda o'tkazgan "Qo'qon-1912" azolari, qisqa muddatli tatildan qaytdilar.

Kecha CHirchiq shahrida yig'ilgan futbolchilar 2-davraga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi. Mashg'ulotlar bugundan boshlab kuniga 2 mahaldan bo'lib o'tadi. Futbolchilar bosh murabbiy tomonidan ishlab chiqilgan reja bo'yicha tayyorgarlikni olib borishadi.

Muxlislarga bir xushxabarni etkazmoqchimiz. O'zining ajoyib o'yinlari bilan qo'qonlik muxlislar mehrini qozongan Quvondiq Ro'ziev jamoa safiga kelib qo'shildi. Ro'ziev 2-davrani jamoa safida o'tkazadi. Hozircha safda boshqa yangi futbolchilar yo'q.

Serbiyalik futbolchilar Darko Gojkovich hamda Filip Rayevaclar yig'inga biroz kechroq qo'shiladilar. Ular ayni damda o'z yurtlarida hordiq chiqarmoqdalar.
Jamoa mashg'ulotlarida darvozabon Muzaffar Abdullaev ishtirok etmayapti. Abdullaev 2-davrani sobiq jamoasi, Jizzaxning So'g'diyona klubida o'tkazish ehtimoli yuqori.

CHirchiqdagi yig'in davomida safda yana o'zgarishlar bo'lishi mumkin. Bu haqida o'zgarishlar aniq bo'lgach albatta sizlarga xabar beramiz. O'quv - yig'in mashg'ulotlari davomida Qizilqum va Neftchi jamoalari bilan nazorat o'yinlari o'tkazish rejaga kiritilgan.


Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика