“Qo'qon-1912” bronza medali bilan taqdirlandi
15 noy 2013 16:34
Yangiliklar

“Qo'qon-1912” bronza medali bilan taqdirlandi
Qo'qonda mavsum-2013 yakuniga bag'ishlab tadbir bo'lib o'tdi.
Birinchi ligada 2-o'rinni egallab oliy ligaga yo'l olgan “Andijon” chorshanba kuni mavsum yakuniga bag'ishlab tadbir o'tkazgandi.
Kecha esa chempionatda 3-o'rinni band etgan “Qo'qon-1912” jamoasi medallar topshirish marosimini o'tkazdi. Yil davomida “SA” va hamkorimiz “FE” gazetasi bilan mustahkam aloqa o'rnatgan, “Qo'qon-1912” klubi mana shu xursandchilikka sherik bo'lish uchun bizga ham rasmiy taklif bilan chiqdi va shu munosabat bilan kecha Qo'qon shahrida bo'lib qaytdik.
Marosim joyi bo'lmish Qo'qon shahridagi “Bowling” restoraniga kirib borar ekanmiz, u erda jamoaning ushbu muvaffaqiyatiga o'z hissasini qo'shgan barcha azolarini uchratdik. Rahbariyatdan tortib, oshpazgacha.
Bundan tashqari tashkilotchilar Qo'qon futboliga befarq bo'lmagan va o'z vaqtida jamoa uchun mehnati singganlarni ham tadbirga taklif etishni unutishmagani etiborimizni tortdi. Xususan taniqli murabbiy Bahrom Hakimov har galgidek o'g'li Rustam Hakimov bilan birga keldi. SHuningdek sobiq to'purar hujumchi Umid Isoqov ham marosimga tashrif buyurdi.
Soat 12:00da boshlangan kecha haqiqiy bayramona ruhda o'tdi. Dastlab so'zga Qo'qon shahar hokimi Akromjon Abdullaev chiqdi va jamoaning bu yilgi chempionatda 3-o'rinni egallagani bilan futbolchilarni, klub rahbariyatini hamda muxlislarni chin dildan tabriklab, muborakbod etdi.
SHundan so'ng klub rahbarlari va jamoaning bosh tasischisi bo'lmish “Qo'qon Spirt” zavodi rahbari, “Neftchi” klubining raisi Komiljon Mirzaboev hamda PFLdan medallarni olib kelgan Valeriy Lyotkin futbolchilarga bronza medalini tantanali ravishda topshirdi.
“Qo'qon-1912”ning jonkuyar rahbari Baxtiyorjon Tolipov ham so'zga chiqib homiylar va futbolchilarga minnatdorchilik bildirdi va har bir chiziqning eng yaxshilari bo'lgan futbolchilarga estalik sovg'alarni taqdim etdi. Unga ko'ra, “Eng yaxshi futbolchi” – Aziz To'xtaboev. “Eng yaxshi darvozabon” – Aziz Ashurov. “Eng yaxshi himoyachi” – Aleksandr Kritinin. “Eng yaxshi yarim himoyachi” – Rahmatullo Meliboev. “Eng yaxshi hujumchi” – Omon Abdug'aniev. “Eng yaxshi yosh hujumchi” - Otabek Haydarov. “Eng foydali futbolchi” – Aziz Madaliev deb topildi. Ularga LCD televizorlari va boshqa bir qator qimmatbaho sovg'alar ulashildi.
Qolaversa 3-o'rinni egallashida ko'p mehnati singgan bosh murabbiy Tohir Kapadzega muzlatgich. U kishiga murabbiylar shtabida mavsum mobaynida yaqindan ko'mak bergan Muhiddin Abduvalievga esa televizor taqdim etildi.
Muxlislar nomidan ham bir qator ashaddiy ishqibozlar so'zga chiqib, “Qo'qon-1912”ning bu yilgi ishtirokidan juda mamnun ekanliklarini bildirishdi va kelgusida jamoaning oliy ligaga chiqishini xohlashlarini aytishdi. Darvoqe, muxlislar talqini bo'yicha bu yil jamoa safida “Eng yaxshi futbolchi” deb Aziz To'xtaboev topildi. Unga fanatlar o'z sovg'alarini topishirishdi.
SHu tariqa tadbir xursandchilik va yaxshi kayfiyat bilan poyoniga etdi.
Islombek Rustambekov

Fikrlar